Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialida jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yakunlariga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi.
Konferensiya kun tartibiga kiritilgan 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yakunlari boʻyicha ish beruvchi B.Bazarov va kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Z.Niyazovalarning hisobotlari tinglandi.
2026-2028-yillarga moʻljallangan yangi jamoa shartnomasi muhokama qilindi. Shuningdek? hisobotlarda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, tashkilotda faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan olib borilgan chora-tadbirlar yoritildi. Hisobot-maʼruzalar maʼlumot uchun qabul qilindi hamda yigʻilish ishtirokchilari tomonidan “qoniqarli” deb topildi. Jamoa shartnomalarining bandlari bajarilishi natijasida har bir xodimga oʻrtacha sarflangan mablagʻ 14 mln 700 ming soʻmni tashkil etdi.
![[:uz]Ўзбекистон соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши [:ru]Республиканский совет профсоюза работников здравоохранения Узбекистана [:en]Republican Council of the Trade Union of Health Workers of Uzbekistan [:oz]Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi [:]](https://sogliq.kasaba.uz/wp-content/uploads/2026/01/cropped-18288908-a56d-4193-a28c-91740dcdc331_removalai_preview-1.png)