[:uz]Ўзбекистон соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши [:ru]Республиканский совет профсоюза работников здравоохранения Узбекистана [:en]Republican Council of the Trade Union of Health Workers of Uzbekistan [:oz]Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi [:]

                                    
                                

                                

O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 2025 yilning 2-8-oktabr kunlari “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya xizmati bo‘yicha Navoiy viloyati filialidan 50 nafar xodimning Samarqand shahriga ziyorati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda uzoq yillar tashkilotda mehnat qilib, nafaqaga chiqqan, shuningdek, hozirda faoliyat olib borayotgan Faxriylar Kengashi a’zolari ham ishtirok etdilar.

Xodimlar qadimiy Samarqandning tarixiy yodgorliklari, qadamjolari va bunyodkorlik inshootlari bilan yaqindan tanishib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar.