O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat tibbiyot muassasalarining xarajatlari uchun 2026 yilga moliyalashtirish va moliyaviy-iqtisodiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri tashkillash yuzasidan seminar o‘tkazildi.
– Mazkur qaror davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bilan birga, tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar — shifokorlar va hamshiralarning mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda, – dedi seminarda soʻz olgan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi B.Primqulov.
Ha, qaror doirasida tibbiy xizmatlarni moliyalashtirishning shaffof va aniq mexanizmlari joriy etilishi nazarda tutilgan. Bu esa tibbiy muassasalar faoliyatini barqaror moliyalashtirish, shifokorlar va hamshiralar mehnatiga haq to‘lashda adolatli va asosli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarning aniq hisob-kitob asosida baholanishi tibbiy xodimlar mehnatining haqqoniy qiymatlanishiga zamin yaratadi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat kengashi raisi Shohidaxon Karimovaning qayd etishicha, Kasaba uyushmalari mazkur qaror ijrosida faol ishtirok etib, tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat huquqlari, ijtimoiy himoyasi va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim institut sifatida maydonga chiqmoqda. Jumladan, mehnat shartlariga rioya etilishi, ish vaqti va dam olish tartiblarining ta’minlanishi, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish masalalari doimiy nazoratga olinmoqda.
Shuningdek, seminarda soʻz olganlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori ijrosi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari, adolatli mehnatga haq to‘lash tizimi hamda kuchli ijtimoiy himoyani ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy asos hisoblanishi qayd etildi. Mazkur qaror sog‘liqni saqlash sohasida barqaror rivojlanishni ta’minlash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
![[:uz]Ўзбекистон соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши [:ru]Республиканский совет профсоюза работников здравоохранения Узбекистана [:en]Republican Council of the Trade Union of Health Workers of Uzbekistan [:oz]Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi [:]](https://sogliq.kasaba.uz/wp-content/uploads/2026/01/cropped-18288908-a56d-4193-a28c-91740dcdc331_removalai_preview-1.png)