Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda jami 45 nafar aʼzo ishtirok etdi. Yigʼilishga Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi yuristi T. Eshmonov taklif etildi.
T. Eshmonov tomonidan “Korruptsiya — millat zavoli” mavzusida maʼruza qilindi. Yigʼilish davomida korruptsiyaga qarshi kurashish, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, shuningdek, sohada qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mazkur mavzu yuzasidan ishtirokchilar bilan savol-javoblar oʼtkazildi.
Shuningdek, shu kuni Viloyat kengashining yil yakunlariga bagʼishlangan navbatdagi majlisi hamda navbatdagi 2-sonli rayosati yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar belgilangan tartibda koʼrib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
![[:uz]Ўзбекистон соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши [:ru]Республиканский совет профсоюза работников здравоохранения Узбекистана [:en]Republican Council of the Trade Union of Health Workers of Uzbekistan [:oz]Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi [:]](https://sogliq.kasaba.uz/wp-content/uploads/2026/01/cropped-18288908-a56d-4193-a28c-91740dcdc331_removalai_preview-1.png)