![[:uz]Ўзбекистон соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши [:ru]Республиканский совет профсоюза работников здравоохранения Узбекистана [:en]Republican Council of the Trade Union of Health Workers of Uzbekistan [:oz]Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi [:]](https://sogliq.kasaba.uz/wp-content/uploads/2026/01/cropped-18288908-a56d-4193-a28c-91740dcdc331_removalai_preview-1.png)
1.1. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi (keyingi oʻrinlarda – Kasaba uyushmasi deb yuritiladi) xoʻjalik yuritish va tashkiliy huquqiy shaklidan qatiy nazar, sogʻliqni saqlash, farmasevtika, sanitariya-gigiena va aholiga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida kasbi va lavozimidan qatiy nazar, mehnat qilayotgan muassasa, tashkilot va korxonalar (keyingi oʻrinlarda Muassasa deb yuritiladi)ning umumiy manfaatlar bilan birlashgan xodimlarini, shuningdek, qisman band boʻlgan va vaqtincha ishsiz boʻlgan shaxslarni, tibbiyot va farmasevtika sohasiga oid oliy va professional talim muassasalarida talim olayotgan talaba-oʻquvchilarni yoshi, irqi, millati, diniy va siyosiy etiqodlaridan qatiy nazar, ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan oʻzini-oʻzi boshqaruvchi nodavlat notijorat tashkiloti boʻlib, uning tashkiliy-huquqiy shakli jamoat birlashmasi hisoblanadi.
1.2. Kasaba uyushmasi yuridik shaxs boʻlib, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi. Kasaba uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida oʻz boʻlinma (Kengash)lariga, shuningdek respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi muassasalarda boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlariga (keyingi oʻrinda – “boshlangʻich tashkilot”) hamda ularning boʻlinmalariga ega boʻlishi mumkin.
1.3. Kasaba uyushmasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi hamda boshqa qonun xujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan xalqaro Konvensiya va shartnomalar, shuningdek oʻzi azo boʻlgan kasaba uyushma birlashmalari Ustavlari hamda mazkur Ustav asosida amalga oshiradi.
Ushbu Ustav qoidalari kasaba uyushmasining barcha azolari, shuningdek quyidan yuqorigacha barcha kasaba uyushmasi tashkilotlari uchun majburiydir.1.4. Kasaba uyushmasi, uning xududiy boʻlinmalari va boshlangʻich tashkilotlar oʻz faoliyatida, shu jumladan moliyaviy faoliyatida davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar yoki ularning uyushmalaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas hamda ular tomonidan nazorat qilinmaydi. Bundan qonunda koʻzda tutilgan hollar mustasno.
Kasaba uyushmasi mustaqil ravishda oʻz ustavini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tashkiliy tuzilmasini belgilaydi, kasaba uyushma organlarini saylaydi, oʻz faoliyatini tashkil etadi, yigʻilishlar, shuningdek boshqa tadbirlarni tashkil etadi.
1.5. Ushbu Ustav qoidalari talqinini berish kasaba uyushmasi Respublika Kengashining, uning Majlislari oraligʻida esa kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasining huquqi hisoblanadi. Ustav qoidalari talqinini berish masalasi boʻyicha nizolar har xil fikrlar, kelishmovchiliklar kelib chiqqanda Qurultoylar oraligʻida oʻzi azo boʻlgan kasaba uyushmasi birlashmasi ham oʻz talqinini berishi mumkin.
1.6. Kasaba uyushmasining nomi:
Davlat tilida – “Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi”
Rus tilida – Profsoyuz rabotnikov zdravooxraneniya Uzbekistana;
Ingliz tilida – Trade union of healthcare workers of Uzbekistan.1.7. Kasaba uyushmasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi rahbar organi joylashgan eri (pochta manzili): 100029, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon koʻchasi 41 A-uy.
1.8. Kasaba uyushmasi boʻlinmalarini tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari, boʻlinmalarining kollegial rahbar va ijroiya organlari toʻgʻrisidagi qoidalar hamda mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari batafsil ravishda ularning nizomlarida belgilanadi.
II. KASABA UYUSHMASINING MAQSADI VA VAZIFALARI
2.1. Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi:
– oʻz azolarining mehnat sohasidagi xuquq va manfaatlarini ifoda etish va ximoya qilish;
– kasaba uyushmasi harakatining birligi va birdamligini taminlash.
2.2. Kasaba uyushmasining vazifalari:
– kasbi, lavozimi, millati, jinsi, yoshi va diniy etiqodidan qatiy nazar, har bir kasaba uyushmasi azosini mehnat qilishi va mehnatiga adolatli haq toʻlanishi, kasbni erkin tanlashi, munosib mehnat yoki talim olish sharoitiga ega boʻlishi, dam olish, ishsizlikdan himoyalanishga doir huquqlarini himoya qilish;
– ish beruvchilar hamda ularning birlashmalari bilan birgalikda ijtimoiy sheriklik munosabatlarini oʻrnatish, muzokaralar yuritish orqali oʻz azolariga nisbatan amaldagi qonunlarda, qonunosti, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meyoriy xujjatlarda belgilab qoʻyilganidan koʻra koʻproq imtiyoz va kafolatlar berilishi boʻyicha jamoa kelishuvi va shartnomalar tuzish;
– imzolangan jamoa shartnoma va kelishuvlarining bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
– jamoa shartnomalari va kelishuvlari loyihalarini jamoatchilik ekspertizadan oʻtkazish komissiyalari tashkil etish, ekspertizasidan oʻtkazish.
– xodimlarga amaldagi qonun va meyoriy xujjatlarda belgilangan kafolat va imtiyozlarning soʻzsiz tatbiq etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
– muassasalarda mehnat sharoitlari va xodimlarning mehnat huquqlari buzilishi holatlari aniqlangan hollarda qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ish beruvchilarga koʻrsatma yoki taqdimnoma kiritish;
– oʻz azolari uchun xavfsiz va munosib mehnat sharoitlari yaratilishi, ish joylarida sanitariya qoida va meyorlariga amal qilinishini talab etish;
– muassasada mehnat muhofazasi masalalari ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatish boʻyicha mehnat jamoasi vakillarining saylanishiga erishish;
– ish joylarida baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini oldini olinishiga, ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillarini bartaraf etilishi, xodimlarga sogʻlom va xavfsiz mehnat, qulay maishiy sharoitlar yaratilishiga koʻmaklashish;
– sodir boʻlgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarining sabab va oqibatlarini, zarar toʻlovlari hisoblanishi va toʻlanishini oʻrganish, tahlil qilish, sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish, chora-tadbirlar ishlab chiqishda koʻmaklashish;
– mehnat tartibi va mehnatga haq toʻlashning ijtimoiy-adolatli tizimi joriy etilishiga koʻmaklashish;
– tarmoq miqyosidagi oʻrtacha ish haqi miqdorini tahlil qilish, oʻz vakolatlari doirasida ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, ommaviy tarzda ishdan boʻshatilayotgan xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish;
– xodimlarning toʻliq bandligini taminlash ishlarini, norasmiy bandlik hollarini tahlil qilish, oldini olish yuzasidan tegishli takliflar kiritish, xodimlarning oʻz malakasini oshirib borishiga koʻmaklashish, mehnat bozorida teng raqobatlashish imkoniga ega boʻlmagan shaxslarning ish oʻrinlariga joylashtirilishi, muassasalarda ommaviy ravishda ishdan boʻshatish zaruriyati tugʻilgan xollarda xodimlarga nisbatan amaldagi qonun va meyoriy xujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlar va boshqa lokal xujjatlarda belgilangan kafolatlar qoʻllanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish;
– soha xodimlarining kasb imidjini saqlash va uni koʻtarish boʻyicha ish beruvchilar va ularning birlashmalari bilan birgalikda tegishli choralarni amalga oshirish;
– muassasalarda umumxalq va kasb bayramlarini nishonlash, turli koʻriklar, tanlovlar, aksiyalar va madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etish;
– kam taminlangan, ehtiyojmand kasaba uyushma azolariga moddiy yordam, hamjihatlik koʻrsatish, moddiy va manaviy qoʻllab-quvvatlash;
– mehnatda boshqalarga ibrat koʻrsatgan, faol kasaba uyushma azolarini moddiy va manaviy ragʻbatlantirib borish, moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, bu borada ish beruvchilar va ularning birlashmalari bilan hamkorlik qilish;
– xodimlar va ularning oila azolarini sanatoriy – kurortlarda sogʻlomlashtirishni tashkil qilish, dam olish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, musobaqalar tashkil etish, uning ommaviyligini oshirishga, ish vaqtida xodimlar gimnastikasi joriy etilishida ish beruvchiga koʻmaklashish;
– kasaba uyushmasi azolari oʻrtasida turizmni rivojlantirish, ular oʻrtasida millatlararo, konfessiyalararo totuvlik hamda milliy istiqlol gʻoyalarini mustahkamlash, madaniy-manaviy, ahloqiy-tarixiy, shuningdek umumbashariy qadriyatlarni targʻibot-tashviqot qilish;
– mehnat sohasidagi ustuvor vazifalar, kasaba uyushma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvlar, davra suhbatlari, seminar, konferensiya va uchrashuvlar tashkil qilish;
– xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy, madaniy hayotida toʻlaqonli ishtirok etishini taminlash, sogʻlom oilani shakllantirish;
– yoshlarga oid davlat siyosatiga koʻmaklashish, yosh mutaxassislar, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning oʻz ustida doimiy ishlashi, kasbiy mahoratini muntazam ravishda oshirib borishi uchun “Ustoz-shogird” tizimi va boshqa shonli ananalarni yoʻlga qoʻyish, davom ettirish;
– atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlashga, aholining sogʻligʻini muhofaza qilish va sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga koʻmaklashish;
– bandlikka koʻmaklashish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, yashil ish oʻrinlari yaratilishiga koʻmaklashish.
Oʻz maqsad va vazifalariga erishish yoʻlida kasaba uyushmasi davlat va boshqa nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
III. KASABA UYUSHMASINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3.1. Kasaba uyushmasi quyidagi huquqlarga ega:
– kasaba uyushmasi oʻz mol-mulkiga, ramzlariga, mablagʻiga, yuridik shaxs sifatida bankda hisob raqamiga, muhri, shtampi va blanklariga ega boʻladi;
– kasaba uyushmasi azolariga nisbatan, shuningdek, tarmoq muassasalarida mehnat qilayotgan xodimlarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hamda lokal normativ xujjatlarda belgilangan meyorlar, shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
– Oʻzbekiston Respublikasi hududida kasaba uyushmalari birlashmalarini tasis etishi, ularga hamda xalqaro va global kasaba uyushma tashkilotlariga azo boʻlishi, turdosh xorijiy kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilishi, ular bilan shartnomalar, oʻzaro kelishuv va bitimlar tuzishi, oʻzaro tajriba almashinishi, birgalikda tadbirlar tashkil qilishi mumkin;
– kasaba uyushmasi va uning tizimidagi tashkilotlar (boʻlinmalar)ning xalqaro, shuningdek xorijiy kasaba uyushmalari xarakatida ishtirok etishi, oʻzi azo boʻlgan kasaba uyushmalari milliy birlashmasi Ustav talablariga zid boʻlishi mumkin emas;
– oʻz azolarining mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida davlat idoralariga murojaatlar qilishi, sudlarga davo arizalari kiritishi va sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli;
– ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqishi, Oʻzbekiston Respublikasining xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda mehnat sohasidagi xuquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan xalqaro shartnomalarini tuzishda, shuningdek uning ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishi, bu boʻyicha tegishli davlat, ish beruvchilar hamda ularning birlashmalari axborotlarini tinglashi mumkin;
– azolarining mehnat sohasidagi xuquq va manfaatlariga aloqador qonunlar, normativ va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlar qabul qilinish jarayonlarida oʻz takliflari bilan ishtirok etishi mumkin;
– ommaviy axborot vositalarini tasis etishi, belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirishi, ommaviy-axborot vositalari, shuningdek elektron va internet tarmogʻida oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot tarqatishi mumkin;
– Ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi va bu yoʻnalishda oʻz tuzilmalarini tashkil etishi mumkin;
– faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan ommaviy va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari, seminarlar, tanlovlar, davra suhbatlari, yigʻilishlar, konferensiyalar, rayosatlar, Majlislar va Qurultoylar, shuningdek qonunda taqiqlanmagan tartibda namoyishlar tashkil qilishi mumkin;
– davlat organlari, xoʻjalik boshqaruv organlariga axborot olish toʻgʻrisida soʻrovlar bilan murojaat etish, shuningdek, oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborot tarqatish;
– azolar manfaatlarini koʻzlagan holda ijtimoiy sheriklik masalalari boʻyicha ish beruvchilar va ularning birlashmalari bilan maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalar tuzish toʻgʻrisida takliflar kiritish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash hamda muhokama qilishda ishtirok etish, imzolash, ijrosi taminlanishi ustidan nazorat oʻrnatish;
– tarmoq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qoʻshma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻtkazish.
Kasaba uyushmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
3.2. Kasaba uyushmasining majburiyatlari:
– Qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etish;
– mazkur Ustav, oʻzi azo boʻlgan kasaba uyushma birlashmalari Ustavlari talablariga amal qilish, ularning vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari ijrosini taminlash;
– kasaba uyushmasi pul mablagʻlari hamda mol-mulkidan ushbu Ustav talablarini amalga oshirish doirasida maqsadli sarflanishini taminlash, oʻz faoliyatida moliyaviy intizomga qatiy amal qilish;
– oʻz azolari oldida faoliyati boʻyicha hisobdorlik, kasaba uyushmasi azolariga oʻz mol-mulki va pul mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi axborot bilan tanishish erkinligini taminlash;
– roʻyhatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi oʻtkazayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;
– roʻyhatdan oʻtkazuvchi davlat organi hamda soliq va statistika organlariga, oʻzi azo boʻlgan kasaba uyushmalari birlashmalariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish;
– oʻz faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taminlash;
– bitimlar va shartnomalar, dasturlar va loyihalar boʻyicha majburiyatlarining bajarish;
– faoliyati davomida kasaba uyushma azolarining manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olinishini taminlash.
Kasaba uyushmaning barcha tashkilotlarida ish yuritish kollegial organ tomonidan qaror qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi, xodimlar shaxsiy tarkibiga oid hujjatlar farmoyishlar koʻrinishida yuritilishi mumkin.
Kasaba uyushmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi.
4.1. Kasaba uyushmasiga azo boʻlish va undan chiqish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasiga azo boʻlishdan oldin har bir xodim, talaba va oʻquvchilar uning Ustavi bilan tanishtiriladi.
4.2. Kasaba uyushmasi Ustavi talablarini tan oluvchi, bajaruvchi va azolik badallarini muntazam toʻlab turuvchi, yoshi, kasbi, lavozimi va ijtimoiy mavqeidan qatiy nazar, sogʻliqni saqlash, farmasevtika, sanitariya-gigiena va aholiga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida mehnat qilayotgan fuqarolar yoki shu yoʻnalishdagi oliy va professional talim muassasalarining talaba va oʻquvchilari kasaba uyushmasining azosi boʻlishlari mumkin.
4.3. Agar qonun hujjatlarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan, sohada mehnat qilayotgan yoki talim olayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham kasaba uyushmasiga azo boʻlishlari mumkin va teng huquqlidir.
4.4. Muassasalar rahbarlari yoki ish beruvchi maqomiga ega boʻlgan shaxslarga ham kasaba uyushmasiga azo boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, lekin bunday shaxslar kasaba uyushmasi azosi sifatida oʻziga ish beruvchi boʻlgan yuqori tashkilot kasaba uyushmasi tashkilotida roʻyhatga olinadi. Azolik badallarini ham oʻsha tashkilot boshlangʻich kasaba uyushmasi hisob raqamiga oʻtkazadi.
4.5. Kasaba uyushmasi azoligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalar yakka tartibda yoki azolikka kiruvchi shaxs(lar)ning jamoaviy tartibdagi arizalariga koʻra, boshlangʻich tashkilotning qaroriga asosan amalga oshiriladi. Ariza berilgan kundan bir oydan kechikmasdan koʻrib chiqiladi.
Yirik muassasalarda kasaba uyushmasi azoligiga qabul qilish huquqi kasaba uyushma qoʻmitasining qarori bilan boshlangʻich tashkilotning sex qoʻmitalariga berilishi mumkin.
4.6. Muassasada kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkiloti boʻlmagan hollarda xodimlarni kasaba uyushmasi azoligiga qabul qilish kasaba uyushmasi yuqori tuzilmasi kollegial ijroiya organi qarori bilan amalga oshiriladi. Ular bir vaqtning oʻzida azolikka qabul qilingan kasaba uyushma azosining qaysi kasaba uyushma tashkilotida hisobda turishini ham belgilaydilar.
4.7. Kasaba uyushmasiga azolik bu toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlanadi. Azolik staji kasaba uyushmasiga qabul qilingan vaqtdan boshlanadi.
4.8. Kasaba uyushmasi azolari asosiy yoki oʻrindoshlik asosida ishlashidan qatiy nazar ish (oʻqish) joylaridagi kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotida hisobda turadilar.
4.9. Tashqi oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimlar bir vaqtning oʻzida boshqa bir tarmoq kasaba uyushmasiga ham azo boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
4.10. Kasaba uyushmasi azoligi va azolik muddati quyidagi hollarda saqlanib qoladi:
– ijtimoiy tatilda boʻlgan davrda;
– kasaba uyushmasi tashkiloti bilan aloqani uzmagan va azolik badallarini toʻlab turuvchi kasaba uyushmasi azosi sogʻligʻi boʻyicha yoki pensiya yoshiga etib, ish faoliyatini toʻxtatganda;
– xodimlar soni (shtat)ning oʻzgarishi yoki muassasaning tugatilishi munosabati bilan vaqtinchalik ishsiz qolib, mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyhatdan oʻtgan kasaba uyushmasi azosi — boshqa ishga joylashgunga qadar 3 oygacha;
– xodim ish beruvchi tomonidan noqonuniy ravishda ishdan boʻshatilgan hollarda – qayta ishga tiklansa;
– xodim mavsumiy ishlarda band boʻlib, keyingi mavsumda ishni qayta boshlasa;
– mutaxassisligi boʻyicha uzoq muddatga oʻqishga, malaka oshirishga, qayta tayyorlash va stajirovka oʻtish uchun yuborilganda, shu jumladan chet ellarga ham;
– boshqa uzrli sabablarga koʻra (tegishli kasaba uyushmasi kollegial organining qarori asosida).
4.11. Xodimning muassasadagi ish faoliyatini toʻxtatishi uning boshlangʻich tashkilot roʻyhatidan chiqarilishiga asos boʻladi. Lekin kasaba uyushmasi azosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan soʻng ham arizasiga asosan, azolik badallarini toʻlab turish sharti bilan azolikni davom ettirishi mumkin. Bunday shaxslarning arizasi kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkiloti kollegial organi tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli qaror asosida amalga oshiriladi. Arizachini kasaba uyushmasi azoligida qoldirish rad etilishi haqida qaror qabul qilinadigan xollarda bu haqda amaldagi qonunlarda belgilangan tartib va muddatlarda yozma javob berilishi shart.
4.12. Ustav talablari boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan kasaba uyushmasi azosiga tegishli kasaba uyushma tashkiloti kollegial organining qarori bilan tasir jazo sifatida ogohlantirish berilishi mumkin.
4.13. Kasaba uyushmasi azoligidan chiqish ixtiyoriylik asosida kasaba uyushmasi azosining bu haqdagi arizasiga asosan yoki tasir jazo sifatida tegishli kasaba uyushma tashkiloti kollegial organlaridan birining tashabbusiga koʻra, boshlangʻich tashkilot kollegial organining qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.
Kasaba uyushmasi azosiga nisbatan tasir jazo sifatida uni kasaba uyushmasi azoligidan chiqarish boʻyicha qaror faqatgina tegishli kasaba uyushmasi tashkilotining yuqori turuvchi kollegial organi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
4.14. Ustav talablarini qasddan bajarmagan, kasaba uyushmasi mol-mulki, shani va obroʻsiga asossiz va qasddan putur etkazgan azolar azolikdan chiqariladi.
Shuningdek, olti oydan ortiq uzrli sabablarsiz azolik badallarini toʻlamaslik ham (Ustavning 4.10-bandida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno) kasaba uyushmasi azoligidan chiqarilishiga asos boʻlishi mumkin.
4.15. Kasaba uyushmasi azosi oʻzining azolikdan chiqarilishi masalasi koʻrilayotgan kasaba uyushmasi kollegial organi yigʻilishida shaxsan ishtirok etishi mumkin. Azoning ushbu yigʻilishda ishtirok etmasligi bu haqdagi qaror qabul qilinishiga monelik qilmaydi.
Kasaba uyushmasi azoligidan chiqqan yoki chiqarilgan shaxslarga boshlangʻich tashkilot kollegial organining bu haqdagi qabul qilingan qaroridan nusha 3 ish kuni ichida taqdim etiladi.
4.16. Kasaba uyushmasi safidan chiqarilgan shaxs unga bu haqda malum qilingan kundan boshlab bir oy ichida bu qaror yuzasidan yuqori kasaba uyushmasi tashkilotiga shikoyat qilishi mumkin. Kasaba uyushmasi kollegial organi ariza qabul qilingan kundan keyin uni bir oydan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi.
4.17. Kasaba uyushmasi azoligidan chiqarilganlar, bir yil oʻtgandan soʻng umumiy asoslarga koʻra kasaba uyushmasi azoligiga qaytadan qabul qilinishi mumkin.
4.18. Kasaba uyushmasi azosining huquqlari:
– oʻzining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilinishini soʻrab har qanday darajadagi kasaba uyushmasi tashkilotlariga murojaat etish va murojaati boʻyicha tegishli javob talab qilish;
– kasaba uyushmasi tashkilotlaridan bepul huquqiy yordam olish;
– kasaba uyushmasi kollegial organlariga saylash va saylanish;
– kasaba uyushmasining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida erkin muhokama etish va tanqid qilish, takliflar kiritish, oʻz fikrini ochiq bayon etish va himoya qilish, qarorlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
– oʻz faoliyati va xulq-atvoriga taalluqli masala koʻrib chiqilayotgan yigʻilish (konferensiya)lar, kasaba uyushmasi kollegial organlari majlislarida shaxsan qatnashish;
– kasaba uyushmasi va uning birlashmalari tasarrufidagi va boshqa sanatoriylarga, muassasalarning sanatoriy-profilaktoriylariga, dam olish maskanlariga, bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish oromgohlariga belgilangan tartibda imtiyozli yoʻllanmalar olish;
– kasaba uyushmalari tizimidagi yoki ularga foydalanish uchun berilgan madaniyat muassasalari, sport inshootlaridan belgilangan tartibda foydalanish;
-kasaba uyushmasi tomonidan oʻtkazilayotgan umumiy yigʻilishlarda, tashkil qilinayotgan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
-kasaba uyushmasi faoliyatiga oid oʻz taklif va mulohazalarini kiritish;
– kasaba uyushmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda moddiy yordam olish;
– ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmasi azoligidan chiqish.
4.19. Kasaba uyushmasi azosining majburiyatlari:
– kasaba uyushmasi Ustaviga rioya qilish, kasaba uyushmasi kollegial organlari qarorlariga amal qilish va bajarish;
– jamoa shartnomalari va kelishuvlari majburiyatlarining bajarilishiga koʻmaklashish;
– kasaba uyushmasi guruh, sex, boshlangʻich tashkiloti faoliyatida qatnashish;
-kasaba uyushmasi tomonidan oʻziga yuklatilgan jamoatchilik ishlariga masuliyat bilan yondashish va ado etish;
– azolik badallarini muntazam toʻlab borish;
– kasaba uyushmasi shani va obroʻsiga putur etkazadigan, faoliyatiga zarar keltiradigan harakatlarga yoʻl qoʻymaslik, kasaba uyushmasi haqida qasddan boʻhton va yolgʻon xabarlar tarqatmaslik;
– kasaba uyushmasi ustavi talablari qoʻpol ravishda buzilayotgan yoki uning faoliyatiga zarar keltiruvchi holatlarga guvoh boʻlganda bu haqda kasaba uyushmasi yuqori organ yoki tashkilotlariga xabar berish.
4.20. Kasaba uyushmasi azolari mehnatda erishgan muvaffaqiyatlari, kasaba uyushmasi tashkiloti ishida faol qatnashganlari uchun quyidagicha ragʻbatlantirilishi mumkin:
– tashakkurnoma elon qilinishi;
– esdalik sovgʻasi bilan mukofotlanishi;
– pul mukofoti bilan taqdirlanishi;
– faxriy yorliq bilan taqdirlanishi;
– esdalik va koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanishi;
– bepul yoʻllanmalar bilan taminlanishi.
Ragʻbatlantirishning shakli va tartibi kasaba uyushmasi kollegial organlari tomonidan belgilanadi.
5.1. Kasaba uyushmasi tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
– boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari;
– kasaba uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi boʻlinma (Kengash)lari;
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi boʻlinma (Kengash)lari apparati;
– kasaba uyushmasi Respublika Kengashi;
– kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparati.
5.2. Kasaba uyushmasi tizimida xotin-qizlar, yoshlar bilan ishlash va boshqa komissiyalar tuzilishi mumkin, ularning faoliyati Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi qarori bilan tasdiqlanadigan Nizomlar asosida amalga oshiriladi.
5.3. Barcha darajadagi kasaba uyushmasi saylanma organlarining vakolat muddati 5 yil.
Kasaba uyushmasining hisobot-saylovlari oraligʻida saylangan organlar va ularga saylanganlarning, shu jumladan ishlab chiqarishda ozod etilgan holda mansabga saylanganlarning vakolatlari, ular qachon saylanganliklaridan qatiy nazar, navbatdagi hisobot saylovda hisobot berishi bilan tugagan hisoblanadi.
5.4. Kasaba uyushmasining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Majlisi (keyingi oʻrinlarda Kengash Majlisi)ning qarori bilan amalga oshiriladi. Ayrim hollarda ushbu vakolat Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasiga berilishi mumkin.
5.5. Kasaba uyushmasi ixtiyoriylik asosda tashkil etiladi va oʻz faoliyatini quyidagi demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi:
– qonuniylik;
– birdamlik;
– ihtiyoriylik;
– kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;
– mustaqillik va oʻz-oʻzini boshqarish;
– teng huquqlilik;
– oshkoralik va ochiqlik.
5.6. Bundan tashqari quyidagilar kasaba uyushmasi faoliyatining ustuvor prinsiplari hisoblanadi:
– quyidan yuqorigacha barcha kasaba uyushma organlarining saylab qoʻyilishi, saylovlarda holislik va adolat tamoyillariga asoslanish;
– hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun prinsipiga amal qilish;
– qarorlar qabul qilishda kollegiallik, muzokaralar erkinligi;
– manfaatlar yoʻlida birlashish, hamjihatlik va bagʻrikenglik;
– azolar oʻrtasida doʻstona munosabat va qadriyatlarga hurmat;
– ozchilik fikrini hurmat qilish, koʻpchilik manfaatining ustunligi, har bir azo manfaati uchun kurashish;
– yuqori kasaba uyushmasi organlarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining quyi tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiyligi.
5.7. Kasaba uyushmasi tashkilotlarini shakllantirish tartibi:
5.7.1. Kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotlarini tuzish toʻgʻrisidagi qaror kasaba uyushmasi azolarining tasis yigʻilishi (konferensiyasi) tomonidan qabul qilinadi.
Ushbu band chiqarildi va tegishlicha 5.7.3-band 5.7.2-bandga oʻzgartirilmoqda.
5.7.2. Kasaba uyushmasining hududiy boʻlinma (Kengash)larini tuzish toʻgʻrisidagi qaror kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Xududiy boʻlinmalarning tasis konferensiyalarida ularning tegishli organlari shakllantiriladi.
5.7.3. Kasaba uyushmasi organlari bevosita yigʻilishlarda, konferensiyalarda, Qurultoyda saylanishi, shuningdek, belgilangan kvotaga muvofiq kasaba uyushmasi organi tarkibiga toʻgʻridan-toʻgʻri vakil yoʻllash prinsipi boʻyicha shakllantirilishi mumkin.
Bunda, kasaba uyushmasi organini shakllantirish tartibi, vakillar meyori tegishli kasaba uyushma organi tomonidan belgilanadi.
Taftish komissiyalari ham tegishligicha umumiy yigʻilish, (konferensiya)larda, Qurultoyda saylanadi.
6.1. Kasaba uyushmasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boshlangʻich tashkilotlaridagi, shuningdek boʻlinmalardagi saylovlarda kasaba uyushmasi organi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar umumiy yigʻilish ishtirokchilari yoki delegatlar tomonidan ilgari suriladi.
6.2. Kasaba uyushmasi raisi va rais oʻrinbosar(lar)i lavozim(lar)iga nomzodlar Qurultoygacha Kengash Majlisida koʻrsatiladi.
6.3. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan yoki boʻlmaganidan qatiy nazar, boshlangʻich tashkilotlar kasaba uyushmasi organiga rahbarlikka nomzodlarni ish beruvchilar tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
6.4. Kasaba uyushmasi tegishli organlariga saylangan shaxslarning vakolat muddatlari keyingi saylovlarga qadar saqlanib qoladi. Ularning vakolat muddati tugagan kun kasaba uyushmasi organi tomonidan saylov oʻtkazilishi belgilangan yigʻilish, konferensiya, Qurultoyda hisobot bergan vaqt hisoblanadi. Kasaba uyushmasi tegishli kollegial organi qaroriga asosan saylangan shaxslarning vakolati muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
6.5. Kasaba uyushmasining Kengash Majlisi tomonidan hisobot-saylov kampaniyalarini oʻtkazish boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarda saylovlarni oʻtkazish tartibi belgilanishi mumkin.
6.6. Kasaba uyushmasi organlariga saylovlar oʻtkazish uchun chaqirilgan umumiy yigʻilishlarda umumiy azolar sonining, konferensiyalar va Qurultoylarda saylangan delegatlarning 2/3 qismi qatnashayotganda kvorum mavjud deb hisoblanadi va vakolatli deb belgilanadi.
6.7. Kasaba uyushmasi tashkilotining kvorum mavjud boʻlgan umumiy yigʻilishi, konferensiya, Qurultoylarda kasaba uyushmasi tashkilotining rahbari lavozimiga saylovlarda nomzodlar soni 2 nafar boʻlganda saylovchilarning 50 foizidan ortigʻi ovoz bergan nomzod saylangan hisoblanadi.
Saylovda ikkala nomzoddan birortasi 50 foizdan ortiq ovoz ololmasa, qaytadan boshqa nomzodlar koʻrsatilib, ular oʻrtasida saylov oʻtkaziladi. Qayta saylovda xam nomzodlardan birortasi 50 foizdan ortiq ovoz ololmagan xollarda, boshqa nomzodlar koʻrsatiladi va shu tariqa nomzodlardan birortasi 50 foizdan ortiq ovoz olgunga qadar saylov jarayoni takrorlanishi mumkin.
6.8. Saylovda ishtirok etayotgan nomzodlar soni 3 va undan ortiq boʻlgan hollarda saylov natijasiga koʻra 50 foizdan koʻp ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
Nomzodlardan xech biri 50 foizdan ortiq ovoz olmagan xollarda eng koʻp ovoz olgan ikkita nomzod qoldirilib, ular oʻrtasida qayta saylov oʻtkaziladi va saylovda 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
6.9. Umumiy yigʻilish, konferensiyalar, Qurultoyda saylangan kasaba uyushmasi kollegial organi azosi, rais va rais oʻrinbosarining muddatidan oldin vakolatini tugatish zaruriyati tugʻilgan yoki muddatidan oldin boʻshab qolgan oʻrinlarga saylovlar oʻtkazish lozim boʻlgan xollarda umumiy yigʻilish, konferensiyalar, Qurultoylar oraligʻidagi davrda tegishli umumiy yigʻilish, konferensiya, Qurultoy saylagan, vakolat boʻyicha umumiy yigʻilish, konferensiya va Qurultoydan keyingi kollegial rahbar organ yigʻishida muddatidan oldin lavozimidan ozod qilinishlari va saylanishlari mumkin.
6.10. Hisobot-saylov yigʻilishlari, konferensiyalar va Qurultoylarga saylangan delegatlarning vakolatlarini keyingi hisobot saylov yigʻilishlari, konferensiya va Qurultoyga qadar uzaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bu haqdagi qaror mazkur yigʻilishda tasdiqlanadi.
6.11. Kasaba uyushmasi yigʻilishlari, konferensiyasi yoki Qurultoyida avval tashkilotning saylanma organi tarkibi son jihatdan tasdiqlanib soʻng uning rahbar(lar)i (rais va rais oʻrinbosarlari) lavozimlariga saylovlar oʻtkaziladi.
Saylangan rahbar(lar) egallagan lavozimiga koʻra shu saylanma organ azosi hisoblanadi.
VII. KASABA UYUSHMASI BOSHLANGʻICH TASHKILOTLARI
7.1. Kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkiloti bir yoki bir nechta ish beruvchida ishlaydigan yoki tegishli talim muassasasida oʻqiydigan, uch nafardan kam boʻlmagan azolarni birlashtirgan, tarmoq kasaba uyushmasi Ustavi asosida faoliyat koʻrsatadigan ixtiyoriy birlashmadir.
7.2. Kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotlari mazkur Ustav hamda boshlangʻich tashkilotning umumiy yigʻilishi (konferensiya)si tomonidan tasdiqlanadigan oʻz Nizomlariga asosan faoliyat yuritadi.
Mazkur Nizomlar kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan “Boshlangʻich kasaba uyushma tashkiloti toʻgʻrisida”gi namunaviy Nizom asosida ishlab chiqiladi.
7.3. Kasaba uyushmasining boshlangʻich tashkilotlari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan yoki yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tuzilishi mumkin.
7.4. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan holda tuzilgan boshlangʻich tashkilotlar mahalliy adliya organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyhatga olinadi.
7.5. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari, boʻlinmalari oʻz hxtiyorlariga koʻra adliya vazirligining tegishli boʻlimlari orqali hisobga qoʻyiladi.
7.6. Kasaba uyushmasi qoʻmitalari va kasaba uyushmasi tashkilotchilari boshlangʻich tashkilotlar hisoblanadi.
7.7. Kasaba uyushmasi qoʻmitalari kasaba uyushmasi gurux va sex tashkilotlaridan tashkil topishi mumkin.
7.7.1. Kasaba uyushmasi guruh tashkiloti – azolar sonidan qatiy nazar, muassasaning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlim va boʻlinmalarida tuzilgan, shuningdek kasaba uyushmasi sex tashkilotlari tarkibiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tashkilot. Guruh tashkiloti faoliyati guruh tashkilotchisi tomonidan yuritiladi.
15 nafargacha kasaba uyushmasi azolarini birlashtirgan boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlarida qoʻmitaning vakolatlari va vazifalari umumiy yigʻilishga beriladi.
Kasaba uyushmasining guruh tashkilotchilari oʻz faoliyati yuzasidan azolar oldida hisobot beradi.
Kasaba uyushmasi guruhining yigʻilishi zaruriyatga qarab oʻtkaziladi.
7.7.2. Kasaba uyushmasi sex tashkilotlari – azolar sonidan qatiy nazar, bevosita kasaba uyushma qoʻmitasi tarkibiga kiradigan kasaba uyushma tashkilotidir. Sex tashkilotlari yuridik shaxs maqomi mavjud boʻlgan muassasada, yoxud muassasaning tarkibiy boʻlinmalarida tuziladi. Kasaba uyushmasi sex tashkiloti tarkibida bir nechta guruh tashkilotlari boʻlishi mumkin. Kasaba uyushmasi sex tashkilotlari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi.
Kasaba uyushmasi sex tashkilotlarida joriy ishlarni olib borish uchun 5 yil muddatga tarkibi 5 kishidan koʻp boʻlmagan kasaba uyushma sex qoʻmitasi, shu jumladan uning raisi saylanadi. Kasaba uyushmasi sex tashkilotlari bankda hisob raqamiga ega boʻlmaydi, lekin kasaba uyushmasi qoʻmitasi qaroriga koʻra tarkibiy muhr va xos blankiga ega boʻlishi mumkin.
Kasaba uyushmasi sex qoʻmitasi boʻlim, filial, blok, punkt, fakulьtet va shunga oʻxshash boʻlinmalarda kasaba uyushmasi ishlarini tashkil etadi, kasaba uyushmasi guruh tashkilotchilari ishlarini yoʻnaltiradi, yigʻilish (konferensiya), kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkiloti, kasaba uyushmasi yuqori kollegial organlari qarorlarining bajarilishini taminlaydi. Oʻz faoliyati yuzasidan azolar oldida hisobot beradi. Zaruriyatga qarab oʻz yigʻilishlarini oʻtkazadi.
7.8. Kasaba uyushma tashkilotchisi – yuridik maqomga ega muassasa yoki tashkilotlarda saylangan, azolar soni 15 nafardan kam boʻlgan, oʻz muhri, bankda hisob raqamiga ega boʻlgan yuridik shaxs maqomidagi boshlangʻich tashkilot.
Kasaba uyushma tashkilotchisi joriy etiladigan muassasalarda mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi kasaba uyushmasining ishlarini olib borish uchun 5 yil muddatga kasaba uyushma tashkilotchisi va gʻaznachisini saylaydi. Kasaba uyushmasining tashkilotchisi faoliyati yuzasidan mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi oldida yiliga kamida 1 marotaba hisobot beradi.
Kasaba uyushma tashkilotchisi kasaba uyushmasiga berilgan huquqlar doirasida ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat va mehnatni muhofaza qilish, maishiy, dam olish, madaniy-marifiy, jismoniy tarbiya va sport hamda boshqa masalalarda kasaba uyushmasi azolarining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi, ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzadi.
7.9. Kasaba uyushma qoʻmitalari – 15 nafar va undan ortiq azolarni birlashtirgan, oʻzining kollegial organiga ega boʻlgan, yuridik shaxs maqomidagi muassasalarda tashkil etiladigan boshlangʻich tashkilotdir.
Kasaba uyushma qoʻmitalari quyidagi organlarga ega boʻladi:
– Oliy organ – hisobot-saylov yigʻilishi (konferensiyasi);
– kollegial rahbar organ – umumiy yigʻilish (konferensiya);
– kollegial ijroiya organi — kasaba uyushmasi qoʻmitasi;
– kollegial nazorat organi — taftish komissiyasi (yuridik shaxs maqomidagi kasaba uyushmasi qoʻmitasida).
Kasaba uyushmasi azolarining umumiy yigʻilishi yoki konferensiyasi 5 yil muddatga kasaba uyushma qoʻmitasining azolarini hamda taftish komissiyasini saylaydi.
Qoʻmita raisi lavozimiga saylangan shaxslar egallab turgan lavozimiga koʻra qoʻmita azosi hisoblanadi. Azolari soni koʻp boʻlgan yirik boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlarida jamoatchilik asosida qoʻmita raisi oʻrinbosari ham saylanishi mumkin.
Kasaba uyushma qoʻmitasining son jihatdan tarkibi boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining azolar sonidan kelib chiqqan holda, lekin toq sonli boʻlishi shart.
Yirik boshlangʻich tashkilotlar kollegial ijroiya organi sifatida oʻz rayosatiga ega boʻlishi mumkin. Bunday xollarda kasaba uyushmasi tashkilotining kollegial rahbar organi – kasaba uyushma qoʻmitasi, Oliy organi – Konferensiya hisoblanadi.
Band chiqarib tashlanmoqda.
7.10. Hisob raqamiga ega boʻlgan boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlarida boshlangʻich tashkilotning moliyaviy faoliyatini yurgizish uchun Respublika Kengash raisining yozma roziligi bilan, xududiy kengash rayosati qarori asosida hisobchi lavozimi joriy etilishi mumkin.
7.11. Moliyaviy faoliyatni yuritish uchun joriy etilgan lavozim asosiy ishdan ozod etilgan xolda va shtat birligi asosida tashkil etilganda – mehnat shartnomasi asosida faoliyat olib boruvchi hisobchi, asosiy ishidan ozod etilmasdan, yuklatish orqali joriy etilganda – gʻaznachi deb yuritiladi.
Qoʻmita hisobchisi yoki gʻaznachisi bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi shart.
7.12. Kasaba uyushma qoʻmitalarida qoʻmita raisi, hisobchisi yoki gʻaznachisi lavozimlarining asosiy ishidan ozod etilgan yoki ozod etilmagan tarzda joriy etilishi boshlangʻich tashkilotning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, kasaba uyushmasi hududiy boʻlinmalari Rayosat qarorlari bilan belgilanadi.
7.13. Boshlangʻich tashkilotlar raislari, hisobchilari va boshqa mutaxassislarga haq toʻlash tartibi va uning miqdorlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan moliyaviy Tartib asosida amalga oshiriladi.
7.14. Asosiy ishidan ozod etilgan va shtat asosida faoliyat yurituvchi hisobchilarning boshlangʻich tashkilot kollegial organlariga saylanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Azolari kam sonli boshlangʻich tashkilotlarda uning kollegial ijroiya organi qaroriga asosan gʻaznachi vazifasi qoʻmita azolaridan biriga yuklatilishi mumkin.
7.15. Asosiy ishdan ozod etilgan qoʻmita hisobchisi bilan mehnat shartnomasi qoʻmita raisi tomonidan, qoʻmita raisi bilan qoʻmita oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi umumiy yigʻilish (konferensiya) vakolat bergan qoʻmita azolaridan biri tomonidan imzolanadi.
Band chiqarib tashlanmoqda.
7.16. Kasaba uyushma qoʻmitasi guruh va sex tashkilotlariga oʻzining vakolatiga kiradigan ayrim huquqlarni berishi, oʻz komissiyalarini tashkil qilishi va ularning vakolatlarini belgilab berishi mumkin.
7.17. Kasaba uyushma boshlangʻich tashkilotlarida umumiy yigʻilish (konferensiya) kasaba uyushma tashkilotchisi va qoʻmitasi tomonidan, zaruriyatga qarab, lekin yilda kamida bir marotaba chaqiriladi. Konferensiya yoki umumiy yigʻilishni chaqirish, kun tartibi, konferensiya chaqirilganda esa vakillar meyori toʻgʻrisidagi qaror kamida 3 kun avval elon qiladi.
7.18. Kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotlarida kasaba uyushma kollegial ijroiya organlari yigʻilishlari zaruriyatga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta, kollegial rahbar organlari yigʻilishlari — yilda kamida bir marta, Oliy organlari yigʻilishlari besh yilda bir marta oʻtkaziladi.
7.19. Boshlangʻich tashkilotlar umumiy yigʻilish (konferensiya)larida saylangan kasaba uyushmasi kollegial organlari azolari, rais va rais oʻrinbosarlarini kasaba uyushmasi azoligidan chiqarish, muddatidan oldin lavozimidan ozod qilish yoki saylash boshlangʻich tashkilotning umumiy yigʻilishi (konferensiya)sida amalga oshiriladi.
7.20. Boshlangʻich tashkilotlar:
– muassasada xodimlarning vakillik organi sifatida oʻz faoliyatini tashkil etadi;
– kasaba uyushmasi azolarining manfaatlarini ifoda etadi, ularning mehnat va mehnatni muhofaza qilish huquqlarini himoya qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy imtiyoz va kafolatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
– ish beruvchilar bilan xodimlar nomidan mehnat sohasida amaldagi qonun va meyorlar, shuningdek ularda belgilanganidan koʻra koʻproq imtiyoz va kafolatlar belgilangan jamoa shartnomalarni loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Tayyorlangan jamoa shartnomasi loyihasini yuqori kasaba uyushmasi tashkilotiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etadi;
– jamoa shartnomasi loyihasini maqullash uchun mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi yoki konferensiyaga kiritadi;
– ish beruvchi va mehnat jamoasi nomidan kasaba uyushmasi bilan tuzilgan jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilib boradi;
– muassasada mehnat nizolarini hal etishda ishtirok etadi, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish qoida va meyorlariga rioya etilishi, xodimlarni majburiy mehnatga jalb etilmasligi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi;
– kasaba uyushma azolari va ularning oila azolarini sogʻlomlashtirishni tashkil etadi, mehnat jamoasida madaniy-marifiy va jismoniy tarbiya-sport ishlarini olib boradi, tadbirlar tashkil etadi;
– kasaba uyushma azolari oʻrtasida turizmni targʻib qiladi, mamlakatimizning ichki turistik salohiyatidan foydalangan holda azolar va ularning oila azolarini tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlarga sayohatini, ekoturizmni tashkil qiladi;
– kasaba uyushmasiga azolik afzalliklarini targʻib qilgan holda muassasaga yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlarni kasaba uyushmasiga qabul qilish choralarini koʻradi;
– boshlangʻich tashkilot kasaba uyushmasi byudjeti smetasining bajarilishini taminlaydi;
– davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishi borasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
– zarur hollarda kasaba uyushmasi azolariga moddiy yordam koʻrsatadi va faollarni ragʻbatlantiradi;
– oʻz kollegial rahbar organ qarorlari va ka-saba uyushmasi yuqori tashkilotlari koʻr¬sat-ma¬lari, ularning kollegial organlari tomonidan boshlangʻich tashkilotlarga oid qabul qilingan qarorlari ijrosini taminlaydi;
– kasaba uyushmasi azolarini boshlangʻich tashkilot faoliyatida faol ishtirok etishga jalb qiladi va sharoit yaratadi;
– kasaba uyushmasi quyi tuzilmalari ishlariga rahbarlik qiladi, ishlarni tashkil etishda ularga amaliy yordam koʻrsatadi;
– muassasaning tashkiliy huquqiy shakli oʻzgarganda, huquqiy maqomini saqlab qolib, oʻz faoliyatini davom ettiradi;
– oʻz faoliyati toʻgʻrisida kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilot umumiy yigʻilishi (konferensiya)ga hisobot berib turadi va kasaba uyushmasi nazoratida boʻladi.
7.21. Ish beruvchi tomonidan xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlariga dahldor ichki lokal meyoriy hujjatlarni qabul qilishdan avval tarmoq kasaba uyushmasi yuqori tashkilotini kamida bir hafta oldin xabardor etishlari yoki jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazishlari shart.
7.22. Kasaba uyushma boshlangʻich tashkilotining faoliyatini tugatish kasaba uyushma xududiy boʻlinmasi bilan kelishgan xolda boshlangʻich tashkilot umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)ning qarori bilan amalga oshiriladi.
Ushbu masalada kasaba uyushma boshlangʻich tashkilotining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)ni oʻtkazishning imkoni boʻlmaganda mazkur tashkilot kasaba uyushma xududiy boʻlinmasining qarori bilan tugatiladi. Muassasa tugatilganda boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti avtomatik ravishda tugatilgan hisoblanadi.
VIII. KASABA UYUSHMASINING QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, TOSHKENT SHAHAR VA VILOYATLAR HUDUDIY BOʻLINMA (KENGASH)LARI
8.1. Kasaba uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda oʻz boʻlinmalariga ega boʻladi. Ushbu boʻlinmalar kasaba uyushmasining xududiy kengashlari deb yuritiladi.
8.2. Quyidagilar kasaba uyushmasi xududiy boʻlinmalarining organlari hisoblanadi:
Konferensiya – Oliy organ;
Kengash – kollegial rahbar organ;
Rayosat – kollegial ijroiya organ;
Xududiy kengash raisi – faoliyatini yakkaboshchilik asosida amalga oshiruvchi ijroiya organi;
Xududiy boʻlinmaning taftish komissiyasi – kollegial nazorat organi.
8.3. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Majlisining qaroriga muvofiq kasaba uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar kengashlari tashkil etiladi. Mazkur kengashlarni shakllantirish kasaba uyushmasining tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar Kengashlari tasis konferensiyalarida amalga oshiriladi.
8.4. Kasaba uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar kengashlari oʻz faoliyatini kasaba uyushmasi Respublika Kengashi yoki uning Ijroiya qoʻmi¬tasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy Nizom asosida ishlab chiqiladigan va kol¬legial rahbar organi qarori bilan tasdiq¬lanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiradi hamda hududdagi kasaba uyushma¬sining barcha yoʻnalishlari boʻyicha ishini tashkil qiladi, boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini muvofiq¬lash-tiradi. Hududiy kengashlar tomonidan kasa-ba uyushmasi faoliyatiga oid barcha masalalar rayosat yoki kengash yohud konferensiyalarda koʻrib chiqiladi.
8.5. Kasaba uyushmasining xududiy kengashlari chet el turdosh kasaba uyushmalarining boʻlinmalari bilan hamkorlik kelishuvlari tuzishi, oʻzaro tajriba almashinishi, birgalikda tadbirlar oʻtkazishi mumkin. Barcha xalqaro aloqalar Respublika Kengashining ruhsati bilan amalga oshiriladi.
8.6. Kasaba uyushmasi hududiy kengashlari raislari xududdagi kasaba uyushmasi va uning kollegial organlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
8.7. Hududiy boʻlinma konferensiyalari kengash azolari ichidan kengash raisi oʻrinbosarlarini besh yil muddatga saylashlari mumkin. Hududiy kengash raisining oʻrinbosarlari asosiy ishidan ajralmagan holda jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi mumkin.
8.8. Hududiy kengashlar rayosatlari:
8.8.1. Kasaba uyushmasining xududiy Kengashlari yigʻilishlari oraligʻida tarmoq kasaba uyushmasi hududiy kengashining kollegial ijroiya organi hisoblanadi. Xududiy kengash rayosati azolari soni toq sonda, 7-11 nafargacha boʻlishi mumkin. Kengash rayosat azolari 5 yil muddatga saylanadi.
8.8.2. Kengash rayosatiga kasaba uyushmasi hududiy kengashi raisi rahbarlik qiladi. Rayosat qarorlari kengash raisi tomonidan imzolanadi. Kengash raisi boʻlmagan xollarda Rayosat vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
8.8.3. Hududiy kengash rayosatlari oʻz faoliyati davomida quyidagilarni amalga oshiradi:
– kasaba uyushmasining Qurultoyi, Respublika Kengashi Majlisi va Ijroiya qoʻmitasi, Respublika boʻyicha kasaba uyushmalari birlashmasining xududiy boʻlinmasining Oliy, kollegial rahbar va Ijroiya organlari, hududiy boʻlinma konferensiyasi, Kengash qarorlarining bajarilishini taminlaydi;
– tegishli hududiy tarmoq ish beruvchilar birlashmalari, xoʻjalik organlari, boshqarmalari bilan xududdagi tarmoq kasaba uyushma azolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, ish haqi, mehnat muhofazasi, sogʻlomlashtirish, madaniy-marifiy, turizm va sport ishlarini rivojlantirish va boshqa masalalar boʻyicha kelishuvlar tuzadi, ularni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma majlislarda axborotlar tinglaydi va qaror qabul qiladi, ularning bajarilishini taminlaydi hamda bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib boradi;
– tashkilot va muasasalarda jamoa shartnomalarining bajarilishini nazorat qiladi, boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlarining ishini muvofiqlashtirib turadi va oʻz huquq, vazifalarini amalga oshirishda ularni qoʻllab-quvvatlaydi va amaliy yordam koʻrsatadi;
– kasaba uyushmasi xodimlari oʻquvini tashkil qiladi, kasaba uyushmasi faoliyatidagi ijobiy ish tajribalarini umumlashtiradi va targʻib etadi;
– mehnat va mehnat muhofazasiga doir hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni olib boradi, ishlab chiqarishda ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
– mehnat, bandlik, sogʻlomlashtirish, maishiy, madaniy, marifiy, jismoniy tarbiya va sportni, turizmni rivojlantirish va boshqa masalalar yuzasidan takliflar kiritadi, ularni amalga oshirilishini nazorat qiladi;
– azolarni kasbga tayyorlash va qayta oʻqitishni tashkil etilishiga koʻmaklashadi;
– kasaba uyushmasi tizimiga yangi azolarni jalb etish, tarmoqqa oid tadbirkorlik subektlari, nodavlat tashkilotlarida kasaba uyushma xizmatini tashkil qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
– xududdagi boshlangʻich tashkilotlar roʻyxatini yuritadi;
– kasaba uyushma tashkilotlariga uslubiy, tashkiliy va huquqiy yordam koʻrsatadi;
– konferensiyaga delegat etib saylanganlarning vakolatlarini tasdiqlaydi;
– tegishli kengashlar bergan vakolat doirasida boshqa ishlarni amalga oshiradi.
8.8.4. Rayosat yigʻilishlari zaruriyatga qarab, lekin har chorakda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
8.8.5. Hududiy kengash raisi va uning jamoatchilik asosidagi oʻrinbosari egallab turgan lavozimiga koʻra bir vaqtning oʻzida rayosat azosi hisoblanadi.
8.9. Hududiy boʻlinmalar Kengashlari:
8.9.1. Kasaba uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar boʻlinmalari konferensiyalar oraligʻida hududdagi tarmoq kasaba uyushmasining kollegial rahbar organi hisoblanadi. Kengash azolari soni toq sonda, 15-25 nafargacha boʻlishi mumkin. Kengash azolari 5 yil muddatga saylanadi. Zaruriyatga qarab, lekin yiliga kamida bir marotaba oʻzi saylangan organ va azolari oldida hisobot beradi.
8.9.2. Kasaba uyushmasi xududiy boʻlinmalari Kengashlarining yigʻilishlari rayosat tomonidan zaruratga qarab, lekin yiliga kamida bir marotaba chaqiriladi.
8.9.3. Hududiy boʻlinma kengashi raisi va uning jamoatchilik asosidagi oʻrinbosari egallab turgan lavozimiga koʻra bir vaqtning oʻzida Kengash azosi hisoblanadi.
8.9.4. Hududiy boʻlinma Kengashlari oʻz faoliyati davomida quyidagilarni amalga oshiradi:
– tarmoq kasaba uyushmasining hududdagi boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari, boʻlinmalari faoliyati yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
– kasaba uyushmasining Qurultoyi, kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va hududiy boʻlinma konferensiyasi qarorlarining, Respublika boʻyicha kasaba uyushmalari birlashmasining xududiy kengashlari konferensiyasi va Kengash qarorlarining bajarilishini taminlaydi;
– tarmoqni hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tayyorlash hamda koʻrib chiqish chogʻida xoʻjalik boshqaruv organlari ishida ishtirok etadi;
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar miqyosidagi xoʻjalik boshqaruv organlari, ish beruvchilar va ularning birlashmasi hamda mahalliy hokimiyat organlari oldida kasaba uyushmasi azolarining manfaatlarini ifoda etadi;
– kasaba uyushma byudjetining kasaba uyushmasi Respublika Kengashi qarori bilan belgilangan qismini boshqaradi;
– kasaba uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar boʻlinmalari konferensiyalariga vakillik meyorini belgilaydi;
– kengash majlislari oraligʻida joriy masalalarni hal qilish uchun rayosat azolarini saylaydi;
– oʻz faoliyati toʻgʻrisida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar boʻlinmalari konferensiyalariga hisobot beradi;
– xududiy kengash raisi oʻrinbosarini, zarur xollarda xududiy kengash raisini saylaydi, lavozimidan ozod etadi;
– xududiy kengash raisi lavozimiga saylov uchun delegatlar tomonidan kiritilgan nomzodlarni roʻyxatga oladi, koʻrib chiqadi va konferensiya yoki kengash yigʻilishida oʻtkaziladigan saylovlarga kiradi.
8.10. Hududiy boʻlinmalar konferensiyalari:
8.10.1. Konferensiya zaruriyatga qarab, lekin 5 yilda bir marotaba Kengash tomonidan chaqiriladi va konferensiyaga vakillik meyori va delegatlarni saylash tartibini belgilaydi.
Konferensiyani chaqirish va kun tartibi toʻgʻrisida kamida bir oy ilgari malum qilinadi.
8.10.2. Navbatdan tashqari konferensiya tegishli hududiy boʻlinma birlashtirgan boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlarining 1/3 qismining talabi yoki tegishli kengashning, shuningdek yuqori kasaba uyushmasi kollegial organlarining qaroriga koʻra chaqirilishi mumkin. Konferensiyani chaqirish, vakillik meyori va kun tartibi toʻgʻrisida kamida oʻn kun ilgari malum qilinadi.
8.10.3. Konferensiya quyidagi vakolatlarga ega :
– hududiy boʻlinma Kengashi va taftish komissiyasining faoliyatlari haqidagi hisobotni eshitadi;
– hududiy boʻlinma Kengashining kelgusi besh yillik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
– tegishli yuqori kasaba uyushma tashkilotlari konferensiyalari, Qurultoyiga delegatlar saylaydi;
– belgilangan meyor boʻyicha tegishli yuqori kasaba uyushma kollegial organlari tarkibiga vakillar saylaydi;
– kasaba uyushmasi hududiy boʻlinma Kengashini, mazkur tashkilotlar taftish komissiyalarini saylaydi, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri kengashlar tarkibiga vakil etib saylanganlarning vakolatlarini tasdiqlaydi;
– kasaba uyushmasi hududiy kengashi raisini saylaydi.
8.11. Xududiy kengash raisi:
– oʻz faoliyatini yakkaboshchilik asosida amalga oshiruvchi ijro organi boʻlib, xududiy boʻlinmaga rahbarlik qiladi, bir vaqtning oʻzida xududiy Kengash va Kengash rayosati raisi hisoblanadi;
– kasaba uyushmasi Ustavi boʻyicha xududdagi vazifalarini, shuningdek, kasaba uyushmasi kollegial organlari qarorlarining bajarilishini tashkil etadi va kasaba uyushmasi yuqori tashkilotlari va organlari oldida hisobdordir;
– xududdagi davlat xokimiyati organlari, ish beruvchilar birlashmalari va boshqa tashkilotlarda, ommaviy ahborot vositalarida xududiy boʻlinma nomidan ish koʻradi;
– ishonchnomasiz xududiy kengash nomidan ish koʻradi;
– xududiy Kengash va taftish komissiyasining qoʻshma yigʻilishlarini oʻtkazadi;
– zarur hollarda xududiy kengash nomidan bayonotlar beradi, murojaatnoma va taqdimnomalar yuboradi;
– mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari hamda davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazishda xududdagi kasaba uyushmasining vakillari ishtirokini taminlaydi;
– Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va qonunchiligiga zid keladigan, kasaba uyushmasi azolarining huquq va manfaatlarini buzuvchi harakatlar sodir etilganda xududdagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, ish beruvchi va ularning birlashmalariga ushbu harakatlarni bekor qilish boʻyicha talablar qoʻyadi;
– xududdagi tashkilotlarning rahbarlariga hamda boshqa mansabdor shaxslariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarda hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda aniqlangan qonunbuzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritishga, shuningdek, tashkilotlarning rahbarlariga mazkur qoidabuzarliklarda aybdor boʻlgan shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnomalar kiritadi;
– xududdagi kasaba uyushmasi xodimlari va faollarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;
– xududdagi kasaba uyushmasi byudjetining, xodimlar va ularning oila azolarini sogʻlomlashtirishga, manaviyat va jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ajratilgan mablagʻlar joriy ijrosini taminlaydi, shuningdek, kasaba uyushmasi xududiy kengashi apparatining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini boshqaradi;
– kasaba uyushmasi xududiy kegashi apparatining xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va bekor qiladi, ularning vazifalarini belgilaydi, ularga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi;
– xududdagi quyi kasaba uyushmasi tashkilotlarining saylab qoʻyiladigan rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni taklif qiladi;
– oʻz faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boshlangʻich tashkilot faollariga nisbatan vakolat doirasida chora koʻrish boʻyicha kasaba uyushmasi tegishli organlariga taklif kiritadi yoki Taftish komissiyasiga oʻrganish boʻyicha murojaat etadi;
– xududiy boʻlinma Nizomida belgilangan vakolati doirasida farmoyishlar chiqaradi;
– xududiy kengash nomidan ishonchnoma beradi;
– xududiy kengash rayosatini chaqiradi, muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan rayosat yigʻilishiga materiallar tayyorlanishini tashkil qiladi, masalalarni kiritadi, qabul qilingan qarorlar ijrosini taminlaydi va nazorat qiladi;
– xududiy kengash va kengash rayosati qarorlarini imzolaydi;
– xududiy kengash nomidan bitim va shartnomalarni imzolaydi;
– konferensiya, kengash va kengash rayosati tomonidan berilgan vakolatlar doirasida boshqa tashkiliy boshqaruv, mamuriy-xoʻjalik ishlariga oid funksiyalarni ham amalga oshiradi.
8.12. Hududiy kengashlar apparati:
8.12.1. Kasaba uyushmasi Ustavi hamda oʻz Nizomlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun hududiy kengashlar oʻz apparatiga ega boʻlishi mumkin.
8.12.2. Hududiy kengashlar apparati shtatlar jadvali Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda hududiy kengashlar rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
8.12.3. Kasaba uyushmasi hududiy boʻlinmalari rahbarlari bir vaqtning oʻzida hududiy kengash raislari hisoblanadi va hududiy kengash apparati xodimlari bilan mehnat munosabatlariga kirishadi.
8.12.4. Hududiy kengashlar apparati xodimlarini ishga qabul qilish hamda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish Respublika Kengashi raisi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
8.12.5. Belgilangan tartibda boshlangʻich tashkilotlar jamoa shartnomalari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazadi.
8.12.6. Boshlangʻich tashkilotlarga jamoa kelishuvlari etkazilishi taminlaydi, jamoa shartnomalarining ularga moslashtirilishi va ijrosini nazorat qiladi.
8.12.7. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan boshqa vazifalarni bajaradi.
9.1. Quyidagilar kasaba uyushmasining rahbar organlari hisoblanadi:
– Qurultoy – kasaba uyushmasining Oliy organi;
– Respublika Kengashi – kasaba uyushmasining Qurultoylari oraligʻida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi kollegial rahbar organi;
– Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi – kasaba uyushmasi faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiruvchi kollegial ijro organi;
– Kasaba uyushmasi raisi – faoliyatini yakkaboshchilik asosida amalga oshiruvchi ijro organi
– Taftish komissiyasi – kasaba uyushmasining kollegial nazorat organi;
9.2. Qurultoy – kasaba uyushmasining Oliy organi hisoblanadi va kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan zaruriyatga qarab, lekin besh yilda kamida bir marotaba chaqiriladi. Qurultoy chaqirish haqidagi qaror, unga vakillik meyori, kun tartibi haqida kamida ikki oy oldin elon qilinadi. Qurultoyga saylangan vakillar vakolati navbatdagi Qurultoygacha saqlanib qolishi mumkin.
Navbatdan tashqari Qurultoy kasaba uyushmasi Respublika Kengashi qarori asosida chaqiriladi. Navbatdan tashqari Qurultoy chaqirilishi haqidagi qaror va kun tartibi, uning oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida kamida bir oy oldin elon qilinadi.
9.3. Kasaba uyushmasi kollegial organlari tarkibiga davlat organlari rahbarlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilarning azo boʻlib saylanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
9.4. Kasaba uyushmasining Qurultoyi:
– kasaba uyushmasini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish, toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
– kasaba uyushmasiga azolik badali miqdorini belgilaydi;
– Respublika Kengashi va taftish komissiyasining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi va muhokama etadi, ular yuzasidan qaror qabul qiladi:
– kasaba uyushmasi faoliyatining kelgusi besh yillik ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
– kasaba uyushmasining Ustavini, dasturiy hujjatlarni va Taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda boshqa tegishli hujjatlarni qabul qiladi, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
– Respublika Kengashining raisini, uning oʻrinbosar (lar)ini 5 yil muddatga saylaydi;
– Respublika Kengashining son jihatidan tarkibini belgilaydi va azolarini 5 yil muddatga saylaydi;
– kasaba uyushmasi taftish komissiyasi azolarini hamda uning raisini 5 yil muddatga saylaydi;
– oʻzi azo boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasidagi kasaba uyushmalari birlashmasining Oliy organi yigʻilishiga delegatlarni, shuningdek, uning kollegial rahbar organi tarkibiga vakillarni saylaydi.
9.5. Kasaba uyushmasi Qurultoyi oʻzining ayrim vakolatlarini kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga berishi mumkin.
9.6. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Majlisi —Qurultoylar orasidagi davrda kasaba uyushmasining kollegial rahbar organi hisoblanadi. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Majlisi zaruriyatga qarab, lekin bir yilda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Respublika Kengashi Majlislari Ijroiya qoʻmita qaroriga asosan yoki Respublika Kengashi azolarining kamida 1/3 qismi talabiga, shuningdek kasaba uyushmasi raisi tashabbusiga koʻra chaqirilishi mumkin.
Respublika Kengashi Majlislarini kasaba uyushmasi raisi, u boʻlmagan vaqtda oʻrinbosar(laridan biri) olib boradi.
Respublika Kengashi Majlisida koʻrilgan masalalar boʻyicha xulosalar qaror shaklida qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
9.6.1. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi quyidagi vakolatlarga ega:
– kasaba uyushmasi Qurultoylari oraligʻida uning qarorlarini, Kengash qarorlari ijrosi taminlanishini tashkil qiladi va bajarilishini nazorat qiladi;
– kasaba uyushmasi Qurultoyi tomonidan belgilangan ustuvor yoʻnalishlar doirasida kasaba uyushmasining yillik ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
– tarmoqda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini taminlashga oid ishlarning ahvolini tahlil qilib boradi;
– Kasaba uyushmasi Qurultoyini chaqiradi;
– Respublika Kengashining Qurultoy oldidagi hisoboti loyihasini va maruzachisini tasdiqlaydi;
– Qurultoydan oldin kasaba uyushmasi raisi va oʻrinbosar(lar)i lavozimi uchun delegatlar vakillari tomonidan ilgari surilgan nomzodlarni roʻyhatga oladi, koʻrib chiqadi va saylovlarda ishtirok etishi uchun tavsiya etadi;
– zarurat tugʻilgan xollarda Qurultoylar oraligʻida kasaba uyushmasi raisini, uning oʻrinbosar(lar)ini saylaydi va vazifasidan ozod etadi;
– kasaba uyushmasi ramzlarini tasdiqlaydi;
– kasaba uyushmasi byudjetini oʻrnatilgan tartibda boshqaradi, azolik badallari tushumini kasaba uyushmasi boshlangʻich va yuqori tashkilotlariga foizlar hisobida taqsimlanish meyorlarini belgilaydi;
– xalqaro va global kasaba uyushmalari birlashmalariga azolik masalasini koʻrib chiqadi, ularga oʻz vakillarini yoʻllaydi va chaqirib oladi;
– kasaba uyushmasi tizimida moliyaviy tartibga oid Nizom, va yoʻriqnomalarni tasdiqlaydi;
– kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi hisobotini tinglaydi, tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi va hal qiladi;
– oʻz faoliyati haqida kasaba uyushmasi Qurultoyiga hisobot beradi;
– Qurultoylar oraligʻida mazkur Ustavga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishi mumkin;
– zarur hollarda kasaba uyushmasi Respublika Kengashi azolarini Kengash tarkibdan chiqaradi, yangi azolarni saylaydi;
– zaruriyat boʻlganda Respublika Kengashi va taftish komissiyasining qoʻshma majlisida taftish komissiyasi raisi va azolarini saylaydi;
– oʻzi azo boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va boshqa xalqaro va global kasaba uyushmalari birlashmalari Oliy organlari qarorlari va ularning (kollegial) organlari qarorlarining bajarilishini tashkil qiladi;
– oʻzining amaliy faoliyatida boshqa kasaba uyushmalari bilan aloqada boʻladi;
– oʻzining ayrim vakolatlarini Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasiga, kasaba uyushmasi raisiga berishi mumkin.
9.6.2. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Majlislarini oʻtkazish va kun tartibi haqida kamida 10 kun avval, navbatdan tashqari Majlislarni oʻtkazish zaruriyati tugʻilganda bu haqda kamida 3 kun oldin Kengash azolariga malum qilinadi.
9.6.3. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tarkibi 45 kishidan oshmagan holda, toq sonli qilib belgilanadi.
9.6.4. Respublika Kengashi Ustav talablarini hayotga tatbiq etish, kasaba uyushmasi ishlarini muvofiqlashtirish, joriy va tashkiliy masalalarni hal etish uchun oʻz Ijroiya qoʻmitasining son va tarkibini belgilaydi va saylaydi.
9.6.5. Respublika Kengashi raisi, uning oʻrinbosari lavozimiga koʻra kasaba uyushmasi Kengash azosi hisoblanadi.
9.7. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi quyidagilarni amalga oshiradi:
– tarmoq kasaba uyushmasining faoliyati boʻyicha tegishli qarorlar qabul qiladi, ushbu qarorlar ijrosini nazorat qilib boradi;
– tegishli vazirliklar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlikda tarmoq jamoa kelishuvlari hamda bitimlarini tuzadi va tasdiqlaydi;
– muassasa va tashkilotlarda joriy etilgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga doir qarorlar, lokal hujjatlar qabul qiluvchi boshqaruv organlari (kuzatuv kengashlari, hayatlar, komissiyalar va h.q.) tarkibiga kasaba uyushma qoʻmitasi raislari yoki kasaba uyushmasi tashkiloti vakillarini albatta kiritilishi masalasi tarmoq jamoa kelishuvlarida aks ettirilishiga erishadi;
– xoʻjalik boshqaruvi organlarining amaldagi qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilgan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
– tarmoqda davlat ijtimoiy dasturlari bajarilishini taminlash, yuqoriroq ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar (yoshlar, nogironlar, qariyalar, bolali ayollar va h.k.) manfaatlarini himoya qilish borasida ish olib boradi;
– kasaba uyushmasi Respublika Kengashi majlislari oraligʻida kasaba uyushmasi faoliyatini boshqaradi va bajarilgan ishlar toʻgʻrisida yilda kamida bir marotaba navbatdagi Majlisda axborot beradi;
– xodimlar va ularning oila azolarini sogʻlomlashtirish uchun belgilangan ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qiladi;
– kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparatining ish rejasini tasdiqlaydi;
– kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Majlisini chaqiradi.
– kasaba uyushmasining shtatlar jadvali, daromadlar va harajatlar smetasini tasdiqlaydi;
– kasaba uyushmasi moliyaviy faoliyatini amalga oshiradi hamda moddiy yordam, mukofot pullari va boshqa toʻlovlarning miqdorini tasdiqlaydi;
– kasaba uyushma mol-mulkini tasarruf qiladi;
– kasaba uyushmasi organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Nizomlarni va kasaba uyushmasi azolari sonidan kelib chiqib, kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotining haq olib ishlaydigan xodimlari sonining meyorini, kasaba uyushma qoʻmitalarining asosiy ishidan ozod etilmagan raislariga qoʻshimcha toʻlovlar miqdorini tasdiqlaydi;
– xalqaro kasaba uyushmalari tashkilotlariga va birlashmalariga azo boʻlish, unga vakil yuborish yoki undan chiqish toʻgʻrisida Respublika Kengashiga takliflar kiritadi;
– kasaba uyushmasi xodimlari, faollari, Respublika Kengashi apparati xodimlarini Davlat mukofotlari, kasaba uyushmalari va ularning birlashmalari, ijtimoiy sheriklarning Faxriy yorligʻi, koʻkrak nishonlari bilan taqdirlashga tavsiya etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
– quyi tashkilotlarning taklifi bilan Respublika Kengashi rahbarlik lavozimlariga zahira tarkibini tasdiqlaydi;
– barcha darajadagi kasaba uyushmasi organlari apparati xodimlarini attestasiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
– kasaba uyushmasi faoliyatini tashkil etishga oid Nizomlar, Tartiblar, Yoʻriqnomalar, Qoida va meyorlarni tasdiqlaydi;
– ijtimoiy – mehnat masalalari boʻyicha tarmoq komissiyalaridagi kasaba uyushmasi vakillari tarkibini tasdiqlaydi;
– kasaba uyushmasi vakillarini xorijiy xizmat safarlariga yuborish haqida qarorlar qabul qiladi;
– kasaba uyushmasi Respublika Kengashi vakolat bergan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
9.7.1. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishlarini chaqirish va uning kun tartibi haqida xabar kamida 3 kun oldin malum qilinadi.
9.7.2. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi 15 nafardan koʻp boʻlmagan holda toq sonda shakllantiriladi.
9.7.3. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi, uning oʻrinbosar(lar)i lavozimiga koʻra Kengash Ijroiya qoʻmitasi azosi hisoblanadi.
9.8. Kasaba uyushmasi raisi:
– oʻz faoliyatini yakkaboshchilik asosida amalga oshiruvchi ijro organi boʻlib, kasaba uyushmasiga rahbarlik qiladi, bir vaqtning oʻzida Respublika Kengashi va Ijroiya qoʻmitasi raisi ham hisoblanadi;
– kasaba uyushmasi raisi hamda Respublika Kengashi raisi soʻzlari bir xil manoni anglatadi;
– kasaba uyushmasi raisi lavozimiga qoida tariqasida faqat oliy tibbiy malumotga ega boʻlgan shaxslar saylanishi mumkin.
– kasaba uyushmasi Ustavi boʻyicha vazifalarini, shuningdek, kasaba uyushmasi organlari qarorlarining bajarilishini tashkil etadi va ularning oldida hisobdordir;
– Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarida, oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, ish beruvchilar, jamoat birlashmalarida, boshqa tashkilotlarda, ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda kasaba uyushmasi nomidan qatnashadi;
– davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining) ochiq hayat majlislarida kasaba uyushmasi nomidan ishtirok etadi;
– ishonchnomasiz kasaba uyushmasi nomidan ish koʻradi;
– belgilangan tartibda kasaba uyushmasi bilan kelishish uchun kiritilgan . normativ va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kasaba uyushmasi nomidan kelishish tariqasida imzolaydi yoki oʻz taklif va etirozlarini bildiradi;
– Respublika Kengashi va taftish komissiyasining qoʻshma Majlislarini oʻtkazadi;
– zarur hollarda kasaba uyushmasi nomidan bayonotlar beradi, murojaatnoma va taqdimnomalar yuboradi;
– mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari hamda davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazishda kasaba uyushmasining vakillari ishtirokini taminlaydi;
– Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va qonunchiligiga zid keladigan, kasaba uyushmasi azolarining huquq va manfaatlarini buzuvchi harakatlar sodir etilganda davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, ish beruvchi va ularning birlashmalariga, ushbu harakatlarni bekor qilish boʻyicha talablar qoʻyadi;
– tashkilotlarning rahbarlariga hamda boshqa mansabdor shaxslariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarda hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda aniqlangan qonunbuzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritishga, shuningdek, tashkilotlarning rahbarlariga mazkur qoidabuzarliklarda aybdor boʻlgan shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnomalar kiritadi;
– kasaba uyushmasi xodimlari va faollarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;
– kasaba uyushmasi byudjetining, xodimlar va ularning oila azolarini sogʻlomlashtirishga, manaviyat va jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ajratilgan mablagʻlar joriy ijrosini taminlaydi, shuningdek, kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparatining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini boshqaradi;
– kasaba uyushmasi raisi oʻrinbosar(lar)ini saylash yoki lavozimidan ozod etish boʻyicha Respublika Kengashiga takliflar kiritadi;
– kasaba uyushmasi raisi oʻrinbosar(lar)i oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
– kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparatining xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va bekor qiladi, ularning vazifalarini belgilaydi, ularga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi;
– quyi kasaba uyushmasi tashkilotlarining saylab qoʻyiladigan rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni taklif qiladi;
– oʻz faoliyatida kamchiliklarga yoʻq qoʻygan kasaba uyushmasi boʻlinmalari rahbar va masul shaxslariga nisbatan vakolat doirasida chora koʻrish boʻyicha Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasiga yoki tegishli kasaba uyushmasi boʻlinmasi kollegial organlariga taklif kiritadi yoki Taftish komissiyasiga oʻrganish boʻyicha murojaat etadi;
– kasaba uyushmasi tomonidan tasis etilgan tashkilotlarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning rahbarlari bilan belgilangan tartibda mehnat munosabatlarini olib boradi;
– chet el xizmat safariga boradiganlar nomzodlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
– mazkur Ustavda belgilangan vakolati doirasida farmoyishlar chiqaradi;
– kasaba uyushmasi nomidan ishonchnoma beradi;
– Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasini chaqiradi, muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishiga materiallar tayyorlanishini tashkillashtiradi, Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishiga masalalarni kiritadi, qabul qilingan qarorlar ijrosini taminlaydi va nazorat qiladi;
– Respublika Kengashi va Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi qarorlarini imzolaydi;
– kasaba uyushmasi nomidan bitim va shartnomalarni imzolaydi;
– Qurultoy, Respublika Kengashi va Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida boshqa tashkiliy boshqaruv, mamuriy-xoʻjalik ishlariga oid funksiyalarni ham amalga oshiradi;
– oʻzining ayrim vakolatlarini oʻrinbosar(lar)iga, quyi kasaba uyushmasi tashkilotlari rahbarlariga berishi mumkin.
9.9. Respublika Kengashi raisi oʻrinbosar(lar)i oʻz faoliyatini kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi qarori bilan tasdiqlanadigan lavozim yoʻriqnomasi hamda Respublika Kengashi raisining vazifalar taqsimotiga asosan olib boradi(lar).
10.1. Kasaba uyushma tashkilotlarining taftish komissiyalari mustaqil kollegial nazorat organlari boʻlib, ular kasaba uyushmasining tegishli saylab qoʻyiladigan organlari bilan bir vaqtda tegishli umumiy yigʻilishlarda, konferensiyalarda, Qurultoyda oʻsha muddatga va oʻsha tartibda, komissiya raisi hamda azolari tarkibida saylanadilar, ularni saylagan organ oldida hisobot beradilar.
10.2. Taftish komissiyasi azolari — kasaba uyushmasi kollegial rahbar organlari ishida maslahat ovozi bilan qatnashish huquqiga ega.
10.3. Taftish komissiyalari oʻz faoliyatini kasaba uyushmasi Ustavi hamda kasaba uyushmasi Qurultoyi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq olib boradilar.
10.4. Kasaba uyushmasi taftish komissiyasi va kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan birgalikda oʻtkazilgan qoʻshma Majlisida, kasaba uyushmasining taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
10.5. Taftish komissiyasi tarkibiga saylangan kasaba uyushmasi azolari bir vaqtda boshqa saylab qoʻyiladigan kasaba uyushmasi kollegial rahbar organlari azosi boʻlishlari mumkin emas.
11.1. Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida kasaba uyushmasi oʻz inspeksiyasini tuzishi mumkin.
11.2. Inspeksiyani tuzish yoki tugatish xaqidagi qaror Respublika Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
11.3. Kasaba uyushmasi inspeksiyasi oʻz faoliyatini amaldagi qonunlar hamda kasaba uyushmasi Respublika Kengashi qarori bilan tasdiqlanadigan Nizom asosida amalga oshiradi.
XII. KASABA UYUSHMASI RESPUBLIKA KENGASHI APPARATI
12.1. Oʻzining mazkur Ustavdagi maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun Respublika Kengashi oʻz apparatiga ega boʻladi.
Respublika Kengashi apparati xodimlari soni va mutaxassislik boʻyicha tarkibi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasi qarori bilan tasdiqlangan shtatlar jadvali asosida belgilanadi. Kasaba uyushmasi raisi kasaba uyushmasi apparatiga bevosita rahbarlik qiladi.
12.2. Respublika Kengashi apparati:
– kasaba uyushmasi faoliyatini tashkil etishga oid Nizomlar, Tartiblar, Yoʻriqnomalar, Qoida va meyorlar loyihalarini ishlab chiqadi;
– kasaba uyushmasi xududiy boʻlinmalari va boshlangʻich tashkilotlariga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;
– jamoa shartnomalarining tarmoq maketlarini ishlab chiqadi, tegishli tartib va Nizomda koʻrsatilgan tarmoqqa mansub yuridik shaxslarning jamoa shartnomalari va kelishuvlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi;
– muassasa va tashkilotlarga, boshlangʻich tashkilotlar va xududiy boʻlinmalarga tarmoq jamoa kelishuvlari etkazilishini, jamoa shartnomalari ularga toʻliq moslashtirilishini taminlaydi va ijrosi tahlilini olib boradi;
– tarmoqda jamoa shartnomalari bajarilishi boʻyicha statistik hisobotlarni yuritadi
– Respublika Kengashi va uning Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishlariga muhokama etilayotgan masalalar boʻyicha hujjatlar tayyorlaydi va taqdim etadi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini tashkil etadi;
– kasaba uyushmasi azolari va faollari oʻquvini tashkil etadi, kasaba uyushmasi ishidagi ijobiy tajribalarni umumlashtiradi va ommalashtiradi;
– tarmoq xodimlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xukumati, xodimlar vakili va ish beruvchilar vakili tomonidan imzolanadigan Bosh jamoa kelishuvga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi;
– kasaba uyushmasining muxim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqadi, belgilangan tartibda ekpertizadan oʻtkazadi, tarmoq kasaba uyushmasi organlariga etkazilishini taminlaydi;
– quyi tashkilotlarning taklifi bilan Respublika Kengashi rahbarlik lavozimlariga zahira tarkibini shakllantiradi;
– tarmoq xodimlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xukumati, xodimlar vakillik organi va ish beruvchilar vakillik organi tomonidan imzolanadigan Bosh jamoa kelishuvga kiritish uchun xodimlar vakillik organiga takliflar tayyorlaydi.
– kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparati oʻz faoliyatini Ijroiya qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan Reglament va lavozim yoʻriqnomasida koʻrsatilgan boshqa boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
XIII. XODIMLAR VA MEHNAT MUNOSABATLARI
13.1. Barcha darajadagi kasaba uyushmasi tashkilotlarida saylanma lavozimga saylangani munosabati bilan ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan shaxslar, shuningdek, kasaba uyushmasi tashkilotlari apparatlarida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlar bilan mehnat munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari va kelishuvlari hamda boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
13.2. Saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylangan xodimlar bilan 5 yilga muddatli mehnat shartnoma tuziladi, ular bilan mehnat shartnomasi umumiy yigʻilish, konferensiya, Qurultoy vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
13.3 Kasaba uyushmasining ishlab chiqarpishdagi ishidan ozod etilgan kollegial organi rahbari (raisi) va rahbar oʻrinbosari, shuningdek oʻrinbosarlari oʻz xoxishiga koʻra lavozimdan ozod etishni (mehnat shartnomasini bekor qilishni) soʻrab ariza bergan hollarda, shuningdek Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 1-bandiga koʻra hamda Mehnat kodeksining 168-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan asoslardan biriga koʻra uni (ularni) lavozimdan ozod etish (mehnat shartnomasini bekor qilish) uchun mazkur organning qarori talab etilmaydi. Bunday hollarda vakolatli kollegial organ xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelgan sababni malumot uchun qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
13.4. Kollegial organ raisi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi farmoyish vakolatli organ vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Rais oʻrinbosar(lar)i bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi farmoyish rais tomonidan imzolanadi. Rais va rais oʻrinbosar (lar)i bir vaqtda lavozimdan ozod etish toʻgʻrisida ariza bergan xollarda vakolatli organ vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
13.5. Shtatdagi kasaba uyushmasi xodimlarining shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi va mehnat daftarchalari xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzgan kasaba uyushmasi tashkilotida saqlanadi.
13.6. Apparat xodimlari bilan kasaba uyushmasi raisi mehnat shartnomasini tuzadi.
XIV. KASABA UYUSHMASI KOLLEGIAL ORGANLAR YIGʻILISHLARI VA SAYLOVLARDA OVOZ BERISH SHAKLLARI
14.1. Konferensiyalar va Qurultoyda saylangan delegatlarning 2/3 qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
14.2. Kasaba uyushmasi boshqa kollegial organlari majlislari tegishlicha ushbu kasaba uyushmasi organi azolarining yarmidan koʻpi ishtirok etsa vakolatli hisoblanadi.
14.3. Barcha yigʻilishlarda qatnashchilarning 50 foizidan koʻpi ovoz bergan qarorlar qabul qilingan hisoblanadi.
14.4. Kasaba uyushmasi tashkilotchisi, kasaba uyushmasi gurux tashkiloti va sex tashkilotlariga rahbarlik lavozimlariga saylovlar ochiq yoki yashirin (yopiq) shaklda oʻtkazilishi mumkin.
Kasaba uyushmasi kollegial organlari azolarini, kasaba uyushmasi konferensiyalari va Qurultoylariga delegatlarni saylash shakli ochiq yoki yashirin (yopiq) boʻlishi mumkin.
Ovoz berish usuli haqidagi qaror tegishli yigʻilish, konferensiya, Kengash va Qurultoy tomonidan belgilanadi.
14.5. Kasaba uyushmasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan boshlangʻich tashkilotlari, xududiy boʻlinma (Kengash)lari rahbarlari va Respublika Kengashi raisi va uning oʻrinbosar(lar)i lavozimlariga saylovlar muqobillik asosida faqat yashirin (yopiq) ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
14.6. Mazkur Ustav boʻyicha yuqori turuvchi organ qaror qabul qilish davomida boʻysunuv boʻyicha quyi turuvchi organ vakolatlariga doir masalalarni ham xal etishi mumkin.
14.7. Yuqori turuvchi organ boʻysinuvi boʻyicha quyi turuvchi organning qonun va mazkur Ustav talablariga zid qarorlarini qayta koʻrib chiqish uchun tegishli organ yoki vakolatli shaxsga yuborishi, kollegial organlar vakolatiga doir masalalar yuzasidan esa uning navbatdan tashqari yigʻilishini belgilangan tartibda chaqirishi mumkin.
14.8. Kechiktirib boʻlmaydigan xollarda har qaysi yuqori organ tizim boʻyicha har qaysi quyi organning qarorini bekor qilishi, qisman bekor qilishi va mazkur masala boʻyicha yangi qaror qabul qilishi mumkin.
15.1. Kasaba uyushmasining pul mablagʻlari kasaba uyushmasi azolarining badallaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan tushgan tushumlardan, Ustavda koʻzda tutilgan vazifalarni bajarish uchun amalga oshiriladigan ishlab chiqarish-xoʻjalik, shuningdek lisenziya asosidagi noshirlik faoliyatidan, homiylarning kasaba uyushmasini qoʻllab-quvvatlash uchun bergan yordamlari va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa faoliyatidan keladigan mablagʻlardan tashkil topadi.
15.2. Kasaba uyushmasi azolik badallari oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar (stipendiya)ning bir foizi miqdorida belgilanadi. Kasaba uyushmasi azosining arizasiga asosan u oʻz xohishi bilan belgilangan miqdordan ortiq badal toʻlashi mumkin.
15.3. Kasaba uyushmasi azosi boʻlgan vaqtincha ishlamayotgan shaxslar (shtat qisqarishi, muassasalarning tugatilishi va shunga oʻxshash hollarda), stipendiya olmaydigan talabalar, klinik ordinatorlar, professional talim muassasalarining oʻquvchilari, tugʻruq tatilidagi, 3 yoshgacha farzand tarbiyasi bilan band boʻlgan ayollar badal toʻlashdan ozod qilinadi.
15.4. Kasaba uyushmasi mablagʻlarini maqsadli va samarali sarflash tartibi Respublika Kengashi Majlisi qarori bilan belgilanadi. Kasaba uyushmasining barcha tashkilotlari, barcha darajadagi organlari uchun ushbu tartib bajarish uchun majburiydir.
15.5. Moliyaviy intizomga amal qilmagan kasaba uyushmasi tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga nisbatan kasaba uyushmasining kollegial nazorat organlari hamda yuqori tashkilotining tavsiyasiga koʻra, tegishli tashkilot kollegial organi qarori asosida intizomiy jazo choralari qoʻllanishi yoki qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.
15.6. Kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotida haq olib ishlaydigan xodimlar roʻyhati (shtatlar jadvali)ni shakllantirish kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
15.7. Kasaba uyushma tashkilotlarining yillik daromadlar va harajatlar smetasi yuqori turuvchi kasaba uyushma organi bilan kelishgan holda kasaba uyushma organi qarori bilan tasdiqlanadi.
15.8. Kasaba uyushmasi va kasaba uyushmasi hududiy boʻlinmalari xodimlar soni, shtatlar jadvali, mehnatga haq toʻlash miqdori Respublika Kengashi Majlisi yoki Kengash Ijroiya qoʻmitasi qarori bilan belgilanadi.
15.9. Yirik boshlangʻich tashkilotlar oʻz apparatiga ega boʻlishi mumkin. Bunda xodimlar shtat jadvallari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi bilan kelishgan holda, hududiy kengashlar rayosati qarori bilan tasdiqlanadi.
15.10. Boshlangʻich tashkilotlarda mehnatga haq toʻlash miqdori Respublika Kengashi Majlisi qarori bilan tasdiqlanadigan Nizom asosida amalga oshiriladi.
15.11. Kasaba uyushmasi oʻzining egalik huquqi boʻlgan mol-mulk va pul mablagʻlarini tasarruf qiladi, undan foydalanadi va sarf qiladi. Kasaba uyushmasining mol-mulki, pul mablagʻlari boʻlinmaydi va kasaba uyushmasi azosiga qaytarilmaydi.
15.12. Kasaba uyushmasi, uning boʻlinmalari va tasarrufidagi tashkilotlari qonunchilikda taqiqlanmagan tarzda har qanday mol-mulkni xadya (begʻaraz) ravishda qabul qilib olishi mumkin.
Kasaba uyushma azolari va boshqa tashkilotlar kasaa uyushmasiga bergan mol-mulkiga va azolik badallariga egalik qilish huquqini saqlab qolmaydilar.
15.13. Kasaba uyushmasi oʻz moliyaviy mablagʻlarini istalgan bankka qoʻyish, aksiyalarni sotib olish va oʻz mol-mulklarini ijaraga berish huquqiga egadir.
15.14. Kasaba uyushma boshlangʻich tashkilotlari va xududiy boʻlinmalari tomonidan har birining narhi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 barobaridan oshadigan qiymatdagi tovar moddiy boyliklari, shu jumladan avtotransport va texnika sotib olishi yoki oʻz mol-mulkini ijaraga berishi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasining qarori asosida amalga oshiriladi.
15.15. Kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkiloti faoliyati toʻxtatilganda uning mol-mulki va pul mablagʻi kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotning qarzini toʻlash uchun ishlatiladi. Qolgan mablagʻ hamda muassasaning kasaba uyushmasi azoligi badalidan qarzi, kasaba uyushmasi Ustavi belgilagan maqsad va vazifalarni, shuningdek, qonun hujjatlari talablarini amalga oshirish uchun xududiy kengash hisobiga oʻtkaziladi.
15.16. Pul mablagʻlari, binolar, inshootlar, avtotransport va texnik vositalari, tovar moddiy boyliklari, qimmatbaho qogʻozlar, nomoddiy boyliklar, madaniy-oqartuv, sport-sogʻlomlashtirish anjomlari, jamgʻarmalari, pul mablagʻlari bilan birga boshqa muassasalar hamda unga tegishli boshqa mol-mulklar va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mulklar kasaba uyushmasining mol-mulkidir.
15.17. Kasaba uyushmasi azolik badallari va boshqa manbalardan tushgan mablagʻlar madaniy-marifiy, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlariga, turizm yoʻnalishiga, kasaba uyushmasi azolariga moddiy yordam koʻrsatish va ragʻbatlantirishga, kasaba uyushmasi organlarida ishlaydigan xodimlarga haq toʻlash va boshqa mamuriy-xoʻjalik harajatlari uchun, shuningdek ushbu Ustavda belgilangan boshqa vazifalarni bajarish uchun smetaga muvofiq sarflanadi.
XVI. KASABA UYUSHMASINING HISOB VA HISOBOTI
16.1. Kasaba uyushmasi oʻz faoliyatining natijalari hisobotini yuritadi hamda roʻyhatdan oʻtkazuvchi, davlat soliq va statistika organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi.
16.2. Kasaba uyushmasi barcha darajadagi tashkilotlarida ish yuritish bilan bogʻliq hisobotlar quyidan yuqori tashkilotlarga belgilangan tartib va muddatlarda taqdim etib boriladi.
16.3. Barcha kasaba uyushmasi organlari oʻzlarini saylagan organlar hamda azolar oldida hisob berib boradilar.
XVII. KASABA UYUSHMASINING YURIDIK SHAXS SIFATIDAGI HUQUQLARI
17.1. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi oʻz muhri, shtampi, hos qogʻozlar va banklarda oʻz hisob raqamlariga ega boʻladi.
17.2. Kasaba uyushmasi hududiy boʻlinmalari va boshlangʻich tashkilotlari yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadigan belgilangan namunadagi muhr, shtamp, hos qogʻozlar va banklarda oʻz hisob raqamlariga ega boʻladilar.
XVIII. KASABA UYUSHMASI FAOLIYATINI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH TARTIBI
18.1. Kasaba uyushmasi faoliyatini toʻxtatish yoki uni tugatish Qurultoy qaroriga binoan yoki sud tartibida, faoliyatini qayta tashkil etish (birlashish, boʻlinish, ajralib chiqish va boshqalar) Qurultoy qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmasining faoliyatini davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar tashabbusiga koʻra tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi
18.2. Kasaba uyushmasi qayta tashkil etilganda, qayta tashkil etilgan kasaba uyushmasi mazkur kasaba uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi va qayta davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
18.3. Kasaba uyushmasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ davlat roʻyhatidan oʻtkazuvchi adliya organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydi.
18.4. Kasaba uyushmasi oʻz faoliyatini tugatgan taqdirda Qurultoy uning mol-mulkidan foydalanish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Kasaba uyushmasining mol-mulki uning xodimlari, azolari oʻrtasida boʻlinmaydi. Qolgan mol-mulklar Ustavdagi maqsad va vazifalar yoʻlida yoki xayriya maqsadlarida sarflanadi.
18.5. Kasaba uyushmasi tugatilgan holda uning hujjatlari belgilangan tartibda davlat arxivi tashkilotlariga saqlash uchun topshiriladi.
XIX. KASABA UYUSHMASI USTAVIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI
19.1. Kasaba uyushmasi Ustavini tasdiqlash, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Qurultoy vakolatiga kiradi.
Qurultoylar oraligʻida kasaba uyushmasining Ustaviga qonunchilik asoslari va boshqa sabablarga koʻra qisman oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Majlisi qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
19.2. Ustavga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi toʻgʻrisida qaror kvorum mavjud boʻlganda Qurultoyda ishtirok etayotgan delegatlar, Respublika Kengashi Majlisida ishtirok etayotgan kengash azolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
19.3. Ustavga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganidan soʻng, qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatda tegishli hujjatlar qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
20.1. Mazkur Ustavda nazarda tutilmagan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan tartibga solinadi.
20.2. Ushbu Ustav qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga zid tarzda talqin qilish mumkin emas hamda Ustav qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga zid tarzda ifoda kilingan bandlari haqiqiy emasdir.
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash
xodimlari kasaba uyushmasi
Respublika Kengashi raisi F.R.Xanapiyaev