Joriy yilning 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir filial direktori Toshpulatov Axrorbek boshchiligida tashkil etilib, sohaga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan ustoz va murabbiylarga chuqur hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.
Sport musobaqa g’oliblariga kasaba uyushmasining tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
A.Toshpulatov o‘z nutqida ustozlarning jamiyat rivojida, ayniqsa, yosh avlodni yetuk mutaxassis qilib tarbiyalashda tutgan o‘rnini ta’kidlab, barchaga sihat-salomatlik va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Tadbir samimiy muloqot va ustoz-shogird an’anasiga xos iliq ruhda o‘tdi.
![[:uz]Ўзбекистон соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши [:ru]Республиканский совет профсоюза работников здравоохранения Узбекистана [:en]Republican Council of the Trade Union of Health Workers of Uzbekistan [:oz]Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi [:]](https://sogliq.kasaba.uz/wp-content/uploads/2026/01/cropped-18288908-a56d-4193-a28c-91740dcdc331_removalai_preview-1.png)