[:uz]Ўзбекистон соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши [:ru]Республиканский совет профсоюза работников здравоохранения Узбекистана [:en]Republican Council of the Trade Union of Health Workers of Uzbekistan [:oz]Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi [:]

                                    
                                

                                

Tibbiyot xodimlarining jismoniy faolligini oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Qibray tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida spartakiada musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqa nizomiga muvofiq, xodimlar mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka yo‘nalishlarida o‘zaro bellashib, mahoratlarini namoyish etdilar.

Yakunda musobaqa g‘oliblariga kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.