2026 yilda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda tarmoqdagi yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi va viloyat kengashining ish rejasida belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida “15-fevral – Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni” munosabati bilan “Qon bu hayot” shiori ostida Samarqand viloyati aholisini sifatli va xavfsiz, be’minnat qon mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanishiga hissa qo‘shish maqsadida, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan “Men donorman” aksiyasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan “Men donorman” aksiyasida viloyat tarmoq kengashi tizimiga qarashli Samarqand shahrida joylashgan 20 ga yaqin tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan, amalga oshirilayotgan savobli ishlarda hamroh bo‘lishini hohlagan 96 nafar xodimlar tomonidan 23,2 litr qon topshirildi.
Donorlar tomonidan topshirilgan qonlar unga muxtoj bo‘lgan ko‘plab bemorlar dardiga malham bo‘ladi hamda ularning yashashga, hayotga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshiradi.
![[:uz]Ўзбекистон соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши [:ru]Республиканский совет профсоюза работников здравоохранения Узбекистана [:en]Republican Council of the Trade Union of Health Workers of Uzbekistan [:oz]Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi [:]](https://sogliq.kasaba.uz/wp-content/uploads/2026/01/cropped-18288908-a56d-4193-a28c-91740dcdc331_removalai_preview-1.png)